Media ta’limning asosiy tushunchalari
14.12.2015
Rukn: Sharh va fikr-mulohazalar.
Muallif: Shohruh Rahimov.

media_14_12_2015

Media-ta’lim hozirgi davrda shaxs­ning ommaviy axborot vositalari orqali rivojlanish jarayonini anglatadi.

Media-ta’lim — bu media mahsulotlari bilan:

  • muloqot madaniyatini kommunikativ imkoniyatlari tanqidiy tafakkuri media­matnini to‘liq qabul qilish;
  • intepritatsiya etish;
  • tahlil qilish hamda baholashdan iborat.

Media-savodxonlik insonga ekranli san’atni:

  • televideniye;
  • radio;
  • video;
  • kinomotograf;
  • pressa;
  • matbuot internet va boshqalarni taqdim etadi.

Manbalardan kelayotgan axborot oqimi­dan to‘g‘ri foydalanib, o‘zining rivojlanishi uchun kerakli bo‘lgan axborotlarni o‘rganish. Hozirgi axborotlashgan jamiyatda barcha media-resurslarini tahlil qilish muhum rol o‘ynaydi. Xorijiy media-ta’limning tahlili shuni ko‘rsatadiki, talabalar o‘zining o‘qish jarayonida asosan internet, televideniya manbalaridan foydalanishadi.

Jahon mediapedagogikasida media­ning tarbiyaviy ijodiy ususllaridan foydala­nish yo‘lga qo‘yilgan. Media-ta’lim usullari asosan kiyingi muhum bosqichlarga bo‘li­nadi.

  1. Media-nazariyasi, uning tarixi, struk­turasi hamda tili haqida bilim olish (o‘qitish media-texnologiyasi);
  2. Mediamatnlarni qabul qilishni rivojlantirish «o‘qish, anglash, tasavvurni faollashtirish, xotirani rivojlantirish, fikrni turli usullarini rivojlantirish» (kritik, ijodiy, intuitv hamda obraz yaratish).

Media-ta’lim faoliyatini olib borish uchun ma’lum bir profissional bilim ko‘nikma va ko‘rsatgichlariga ega bo‘lish lozim:

  • maxsus yo‘naltirilgan mediata’lim soha­sida nazariy bilimlar hamda eng so‘nggi axborotlarga ega bo‘lish darajasi; motivatsiyalashgan ko‘rsatgich.

Masalan, ta’lim jarayoniga:

  • aqliy;
  • visual;
  • sensor;
  • audio bo‘lgan faoliyat;
  • tezkor media-ta’lim sohasida metodik ko‘nikmalarini darajasi, masalan, media-manbalarni va ulardagi axborotlarni ijodiy yondashish orqali qabul qilish.

Ularning kelib chiqish sabablarini sharoitlarini va harakatini o‘rganib tahlil etish tashviqotchilik harakatini olib borish va optimal natijani tallash.

Kreativ (ijodiy media-ta’lim faoliyatidagi ijodiy fikrlash darajasi) (mobillilik, kommunikativlik, o‘ziga xoslik, tasavvurni rivojlantirish fantaziya kabi xususiyatlarga ega bo‘lish).

Dunyoda media-ta’limini ahamiyati turli xalqaro tashkilotlar UNESKO tashkilotining rezolyutsiya hamda tavsiyalarida media-ta’lim muhumligi alohida ta’kidlanib, media-ta’lim rivojlanishini qo‘llab-quvvatlagan (mediaeducation barcha turlari elektron, bosma, grafik, media va boshqalar) hamda turli texnologiyalar bilan uzviy bog‘langan holda rivojlanadi va insonlarni quyidagi faoliyatlarga yo‘naltiradi.

  1. Media-matnlarni tahlil qilish tanqidiy anglash va yaratish.
  2. Media-mahsulotlarni (matn, video-audio) manbalarini toppish va ular­ning quyidagi:
  • siyosiy;
  • iqtisodiy;
  • madaniy;
  • iqtisodiy xususiyatlarini aniqlash va ularni asl ma’nosini o‘rganish.
  1. Media-mahsulotlarini tushunish.
  2. Shaxsiy media-mahsulotlarini yaratish tarqatish va ularga qiziqadigan audito­riyaga ega bo‘lish.
  3. O‘rganish hamda yaratgan media mahsulotlarni hayot tarzini aniqlash. Media-ta’lim — bu butun hayot uchun konsep­siyasi deyiladi.
Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq