Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida ko‘rsatilayotgan interaktiv davlat xizmatlari monitoringi
05.12.2015
Rukn: Internet.
Muallif: .

Joriy yilning noyabr oyida Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi tomonidan 145 ta davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarida, mahalliy davlat hokimiyati organlarida Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YIDXP) orqali ko‘rsatilayotgan interaktiv davlat xizmatlari monitoringi o‘tkazildi.

O‘tkazilgan monitoring natijasida davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarida, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan YIDXP orqali taqdim etilayotgan 725 ta interaktiv davlat xizmatlari to‘laqonli amalga oshirilayotganligi, ushbu interaktiv davlat xizmatlaridan 27 tasi davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan to‘liq amalga oshirilmayotganligi aniqlandi.

Aniqlangan kamchiliklar bo‘yicha tegishli ma’lumotlar O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiga tegishli choralarni ko‘rish uchun taqdim etildi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq