Konstitutsiya kuni munosabati bilan istiqbolli yosh pedagoglar uchun tanlov
03.12.2015
Rukn: Коnferensiyalar, seminarlar va taqdimotlar.
Muallif: .

inha_3_11_2015

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining yigirma uch yilligini nishonlash munosabati bilan Toshkent shahridagi Inha universitetida bayram tadbiri o‘tkazildi. Tadbirda universitet rahbariyati, professor-o‘qituvchilari hamda talabalar, shuningdek, yuridik fanlari doktori, professor Feruza Muhiddinova va ommaviy axborot vositalari ishtirok etdilar.

inha_3_11_2015_1

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining mazmun-mohiyati, yoshlarga oid huquq va erkinliklar, davlat va jamiyat oldidagi burch va vazifalar xususida keng tushunchalar berildi. Bosh qomusimiz va qonunlarimizda mustahkamlab qo‘yilgan huquqlar, erkinlik va majburiyatlarning targ‘iboti samaradorligini yanada oshirish masalasiga alohida e’tibor qaratildi.

inha_3_11_2015_2

Vatanimiz mustaqilligining yigirma to‘rt yilligi keng nishonlangan joriy yilda Konstitutsiya kuni bayrami ham o‘zgacha ruh va ko‘tarinki kayfiyatda nishonlanmoqda. Oldimizga qo‘ygan bosh maqsadimiz — huquqiy demokratik davlat, erkin fuqarolik jamiyati qurish yo‘lidagi barcha sa’y-harakatlarimiz ham konstitutsiyamizga tayangan holda olib borilmoqda. Toshkent shahridagi Inha universitetida tashkil etilgan tadbirda talabalar tomonidan tayyorlangan — O‘zbekiston Respublikasining 24 yil ichida erishgan yutuqparini o‘zida aks ettirgan video-lavha namoyish etildi. Tadbir yakunida bayram arafasida Universitet talabalari orasida o‘tkazilgan minifutbol musobaqasi g‘oliblariga sovrinlar topshirildi.

inha_3_11_2015_3

Ushbu bayram munosabati bilan Toshkent shahridagi Inha universiteti tomonidan istiqbolli yosh pedagoglar uchun alohida tanlov e’lon qilindi. Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad, Matematika, Fizika, AKT yo‘nalishida faoliyat ko‘rsatayotgan istiqbolli yosh pedagoglarni Toshkent shahridagi Inha universitetiga jalb etib, universitet yordamida tizimli ravishda ularni xorijda malakalarini oshirish hamda nufuzli chet el Universitetlarida doktorlik dissertatsiyasi himoyasiga erishishdir. Shu tariqa, Universitet professorlari orasida chet elda doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan hamda dars bergan o‘zbekistonlik mutaxassislar sofini kengaytirish, sababi Inxa Universiteti talablariga ko‘ra professor bo‘lish uchun kamida shunday talabga javob berishi kerak. Tanlov to‘g‘risidagi batafsil ma’lumotni Toshkent shahridagi Inxa universiteti saytidan (www.inha.uz) tanishish mumkin.

inha_3_11_2015_4

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq