“UNITEL” va “COSCOM” MChJ mobil aloqa operatorlarining mansabdor shaxslariga nisbatan ma’muriy jazo choralar qo‘llanildi
02.12.2015
Rukn: Mobil aloqa.
Muallif: .

Aloqa axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspektsiyasi (Inspektsiya) tomonidan O‘zbekiston Respublikasi hududida mobil aloqa xizmatlarini ko‘rsatishda yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan 4 ta mobil aloqa operatorlariga kelgusida tarmoqni rivojlanishtirish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rilishiga e’tibor qaratishlari yuzasidan ko‘rsatmalar berilgan.

Biroq “UNITEL” va “COSCOM” MChJ mobil aloqa kompaniyalar tomonidan abonentlarga uzluksiz va sifatli aloqa xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha o‘z vaqtida tezkor va to‘laqonli qarorlar qabul qilishda hamda radioelektron vositalardan noqonuniy foydalanishning oldini olish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar etarli darajada emasligini inobatga olib, Inspektsiya mazkur Kompaniyalga o‘z faoliyatlaridagi kamchiliklarni bartaraf etish va mobil aloqa xizmatlarini ko‘rsatishda O‘zbekiston Respublikasi qonunlari va normativ hujjatlari talablariga muvofiq ishlarni tashkil qilish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berdi.

O‘zbekiston Respublikasi qonunlari va normativ hujjatlari talablarini bajarilishini ta’minlash maqsadida mobil aloqa xizmatlari sifat ko‘rsatkichlarini buzganliklari va radiochastota hamda radioelektron vositalardan noqonuniy foydalanganliklari uchun 2015 yil 27 noyabrda “UNITEL” va “COSCOM” MChJ mansabdor shaxslariga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi ma’muriy javobgarlik kodeksining 152- moddasi, 1- qismi (radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurimalardan foydalanish tartiblarini buzish) va 153- moddasi (aloqa xizmatining sifatiga doir normalar va davlat tarmoq standartlarini buzish) talablariga asosan ma’muriy jazo choralari qo‘llanildi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq