UZREPORT TV telekanali Yamal 401 sun’iy yo‘ldoshi orqali efirga uzatila boshladi
01.12.2015
Rukn: Texnologiya.
Muallif: .

Joriy yilning 1-dekabridan boshlab UZREPORT TV telekanali Yamal 401 sun’iy yo‘ldoshi orqali efirga uzatila boshladi. Endilikda sputnik antennaga ega bo‘lgan yurtimizdagi har bir inson mamlakatimizning  istalgan nuqtasidan turib UZREPORT TV telekanalini o‘zi xohlagan vaqtda tomosha qilish imkoniga ega bo‘ldi.

Ushbu yangilik ayniqsa, futbol muxlislarini xursand qilishi aniq. Yurtimizning turli viloyatlaridagi muxlislar UZREPORT TV telekanali sun’iy yo‘ldosh orqali efirga uzatilishi boshlanishini sabrsizlik bilan kutishayotgan edi.

Endilikda yurtimizdagi millionlar o‘yini ishqibozlari o‘zlarining sevimli jamoalari ishtirokidagi o‘yinlarni UZREPORT TV telekanali orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirda tomosha qilish imkoniga ega bo‘ladilar.

Xabaringiz bor, UZREPORT TV telekanali Yevropa Chempionlar ligasi va Angliya Premer ligasi bahslarini “jonli” efirda namoyish qilmoqda.

Endilikda sun’iy yo‘ldosh orqali UZREPORT TV telekanaliga ulangan muxlislar mazkur o‘yinlarni ham eng yuqori sifatli tasvirda tomosha qilish va o‘yin zavqidan bahra olishlari mumkin bo‘ladi.

UZREPORT TV telekanalining signalini qabul qilish uchun texnik parametrlar:
Sun‘iy yo‘ldosh — Yamal 401, 900 Shimoliy nur Ku diapazoni
Qabul qilish chastotasi — 11.505705 GGs
Simvol tezlik — SR = 2280 ksps
Modulyatsiya — DVB-S QPSK 1/2,
Qabul qilish polarizatsiyasi — vertikal
O‘lchami — standart (720x576i)
Kompressiya — MPEG-4
Tavsiya qilingan antenna diametri — 100 sm.dan ortiq

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq