Jurnalistlar O‘zbekistonda kengpolosali ulanish holati va rivojlanish istiqbollari bilan tanishdilar
01.12.2015
Rukn: Internet.
Muallif: .

spd_30_11_2015

Bugun Toshkent shahrida O‘zbekistonda kengpolosali ulanish(KPU) holati va rivojlanish istiqbollariga bag‘ishlangan matbuot-anjumani bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, «O‘zbektelekom» AK va ommaviy axboot vositalari vakillari ishtirok etdilar.

O‘zbekistondagi internet-xizmati abonentlarining uchdan bir qismidan ortig‘i kengpolosali ulanish xizmati foydalanuvchilaridir, bu raqamlar muntazam ravishda o‘sib bormoqda. KPU xizmatining qulaylashtirishi axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining barcha sohalar faoliyatiga jadallik bilan muntazam joriy etilishi sharoitida majburiy talabga aylanmoqda.

Keyingi yillarda mamlakatimizda KPU tarmoqlari va turli axborot resurslarini rivojlantirish bo‘yicha loyihalar amalga oshirildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2013-yilda tasdiqlangan 2013-2020 yillarda O‘zbekiston Respublikasida telekommunikatsiya texnologiyalari, tarmoqlari va aloqa infratuzilmasini rivojlantirish dasturi keng polosali ulanishni rivojlantirishga navbatdagi turtki bo‘ldi.

Mazkur dastur doirasida magistral shaharlararo va viloyat ichki tarmoqlarida transport tarmoqlarini kengaytirish bo‘yicha ishlar amalga oshirildi, butun respublika bo‘yicha 4100 kmdan ortiq optik-tolali aloqa liniyalari qurildi, mobil keng polosali ulanishni rivojlantirish uchun 2000dan ortiq bazoviy stansiyalar o‘rnatildi.

Keng polosali ulanish tarmoqlarini telekommunikatsiya uskunalari bilan ta’minlash, IP-televideniya, IP-telefoniya, yuqori tezlikka ega internet va boshqa xizmatlarni bir vaqtda ko‘rsatish uchun Telecom Innovations va «Navoiy» EIIHdagi Olive Telecom qo‘shma korxonalarida xDSL texnologiyasi stansion va abonent uskunalari, shuningdek, Home Gateway optik abonentlik terminallarini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi.

Mobil KPU foydalanuvchilari soni qayd etilgan KPU abonentlariga nisbatan ancha ko‘pligini hisobga olib, asosiy vazifalardan biri taqdim etilayotgan mobil interneti sifatini ta’minlash bo‘lib hisoblanadi. Bugungi kunda O‘zbekistonning qator: Coscom, Unitel va Uzmobile mobil aloqa operatorlari Toshkent shahrida 4G LTE to‘rtinchi avlod mobil aloqa texnologiyasini joriy eta boshladilar, bunda ulanish tezligi 100 Mbit/s.gacha yetkazilishi mumkin. Butun respublika bo‘yicha mazkur texnologiyaning qamrab olish hududini bosqichma-bosqich kengaytirish rejalashtirilmoqda.

Hozirning o‘zidayoq O‘zbekistonning 10dan ortiq telekommunikatsiya operatorlari ko‘p qavatli uylar va binolarda FTTx arxitekturasi asosida, optik-tolali ulanish yordamida keng polosali ulanish texnologiyasini faol joriy etmoqdalar. Mazkur texnologiya multimediya xizmatlarining keng turlarini olish imkonini beradi.

Mazkur ko‘rsatkichlar barchani qoniqtiradi deb aytib bo‘lmaydi. Shu sababli telekommunikatsiya xizmatlari bozori operatorlari tomonidan mintaqalarda keng polosali ulanish portlarining kengaytirilishi bo‘yicha ishlar olib borilmoqda. Mazkur jarayon O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yilda tasdiqlangan 2015-2019 yillarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini manzilli rivojlantirish dasturiga muvofiq amalga oshirilmoqda.

Dastur o‘zida umumiy summasi 883,7 mln dollardan iborat 9ta yirik investitsiya loyihalarini jamlagan, ular orasida quyidagi loyihalar mavjud:
— mobil aloqa tarmoqlarini, xususan, HSPA+, 4G LTE texnologiyalarini rivojlantirish;
— qayd etilgan va simsiz keng polosali ulanish tarmoqlarini kengaytirish;
— ma’lumotlar uzatish magistral va multiservis tarmoqlarini kengaytirish, optik-tolali aloqa liniyalarini qurish;
— multimediya xizmatlarining yangi turlarini joriy etish va kontentni rivojlantirish uchun qulay sharoitlarni yaratish.

Mazkur loyihalarni amalga oshirish natijasida quyidagilar ko‘zda tutilgan:
— qayd etilgan keng polosali ulanish portlari sonini 2,2 marta oshirish;
— ma’lumotlar uzatish tezligini 20 marta oshirish;
— 20dan ortiq yangi xizmat turlarini joriy etish, jumladan, IP-televideniya, IP-telefoniya va boshqa xizmatlarni yanada rivojlantirish.

Mazkur barcha ishlar mamlakatimiz ekspertlari tomonidan yetakchi xalqaro mutaxassislarni jalb etgan holda, maxsus ishlab chiqilgan axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish dasturi doirasida, kompleks ravishda amalga oshirilmoqda. Oldinda yana amalga oshirilishi kerak bo‘lgan ishlar ko‘p, shu sababli davr ruhiga muvofiq qadam tashlash hamda foydalanuvchilar talablariga muvofiq bo‘lish uchun eng yangi texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha ishlarni kuchaytirish zarur.

Umuman olganda, matbuot-anjumani mamlakatimizda telekommunikatsiya infrastrukturasining hozirgi holatini tahlil qilish imkonini berdi. Tadbir doirasida kengpolosali ulanishni rivojlantirish bo‘yicha fikrlar almashinuvi tashkil etildi va kelgusi rejalar haqida gaplashib oldilar.

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq