“Beeline” “Va4ach” tezkor milliy messenjerni ishga tushirmoqda
01.12.2015
Rukn: Mobil aloqa.
Muallif: .

beeline_1_12_2015

Eng yirik aloqa operatori “Beeline” Va4ach eng yangi mobil ilovasining ishga tushirilgani haqida xabar beradi. Dastur milliy messenjerni ifodalaydi – WhatsApp, Viber va Telegram kabi ommabop servislarning milliy analogi bo‘lib, bugungi kundan boshlab barcha “Beeline” abonentlari Android OT “Google Play” do‘konidan ilovani yuklab olishlari mumkin.

Voqeani sharhlar ekan, “Unitel”ning tijorat direktori Maksim Yefremov shunday dedi: “Bu haqiqatdan ham O‘zbekiston uchun noyob loyiha, u “Beeline” abonentlarining qulay muloqotlari uchun barcha imkoniyatlarni yaratadi. Sir emas, so‘ngi payt mobaynida turli messenjerlar dunyo bo‘ylab yuzlab insonlarni o‘ziga jalb etdi, shuning uchun kompaniyamiz, bozorning innovatsion yetakchisi sifatida ushbu trenddan chetda qolmadi. Shaxsiy on-line messenjerning joriy qilinishi mijozlariga jahon darajasidagi zamonaviy xizmatni taqdim etuvchi digital-provayder imidjini yana bir bor tasdiqlaydi”.

beeline_1_12_2015_1 beeline_1_12_2015_2

“Va4ach”ning boshqalardan farqi – bepul tarifikatsiya, fotosuratlar, videofayllar va ovozli xabarlar bilan tezkor almashish, va bir necha kishiga bir paytning o‘zida xabarlar yuborish imkoniyatining borligidir.

“Messenjerning asosiy afzalligi shunda-ki, u “Beeline” abonentlari uchun mutlaqo bepul, – deydi “Unitel”ning marketing xizmati rahbari Hilola Karimboyeva. – Bundan tashqari, “Va4ach” TAS-IX doirasi joylashgan, bu esa matnli va multimediya xabarlarning yetkazib berilish tezligi yuqori ekanligini ko‘rsatadi. Ishonaman, messenjerimizni nafaqat mijozlarimiz orasida, balki barcha Android foydalanuvchilari orasida ham katta ommaboplik kutmoqda”.

beeline_1_12_2015_3 beeline_1_12_2015_4

Va4ach on-line messenjerini quyidagi havola orqali yuklab olish mumkin: https://play.google.com/store/apps/details?id=com.unitel.va4ach

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq