30-noyabr – Xalqaro axborotni himoya qilish kuni
30.11.2015
Rukn: Sharh va fikr-mulohazalar.
Muallif: .

1988-yilda Amerika kompyuter uskunalari assotsiatsiyasi 30-noyabrni Xalqaro axborotni himoya qilish kuni (Computer Security Day) deya e’lon qildi.

Ushbu kunni e’lon qilarkan, mazkur Assotsiatsiya barchaga kompyuter axborotlarini himoya qilish zarurligi, shuningdek, uskunalar va dasturiy vositalar ishlab chiqaruvchilari hamda foydalanuvchilari e’tiborini xavfsizlik masalalariga qaratishni maqsad qilgan.

Bejiz ushbu kunga aynan 1988-yilda asos solingan emas, shu yili ilk marotaba o‘z kashfiyotchisi – Morris ismini olgan “chuvalchang” epidemiyasi birinchi marotaba ommaviy tarzda tarqalganligi qayd etilgan. Xuddi shu davrda mutaxassislar axborot xavfsizligini ta’minlash masalalariga kompleks yondashuv zarurligi haqida bosh qotira boshlaydilar. Biroq kompyuter virusining dastlabki timsoli 1983-yildayoq paydo bo‘lgan edi.

Shundan buyon Kompyuter uskunalari assotsiatsiyasi tashabbusi bilan axborotni himoya qilish bo‘yicha ko‘plab qiziqarli tadbirlar hamrohligida xalqaro anjumanlar o‘tkazib kelinadi. Jumladan, himoyalanmagan uskunalar keltirib chiqayotgan zararlar hajmi xabar qilinadi. Misol uchun, 2000-yilda paydo bo‘lgan “I love you” nomli kompyuter virusi keltirgan zarar birgina Shimoliy Amerikada milliard dollarni tashkil etgan.

Har yili ushbu kun muayyan shior ostida o‘tkazilishi an’ana tusini olgan. Bir necha yillar davomida tashkil etilgan tadbirlarning asosiy mazmunini har bir foydalanuvchi shaxsan axborot aktivlari va resurslariga javob berishi va ularni himoya qilishi zarurligini eslatib borishga bag‘ishlangan.

Shu ma’noda axborotni himoya qilish quyidagi: antivirus dasturlari, tarmoqlararo ekranlar (Firewall)ni o‘rnatish, murakkab parollar va sotsial muhandislikdan foydalanish, axborot resurslari va aktivlarini fizik himoyalash va boshqa turli chora tadbirlarni nazarda tutadi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq