Toshkent shahridagi INHA universiteti talabalari uchun Al Xorazmiy — “Al jabr val muqobala” mashhur ilmiy asariga bag‘ishlangan maxsus ma’ruza soati o‘tkazildi
26.11.2015
Rukn: Sharh va fikr-mulohazalar.
Muallif: .

inha_26_11_2015

Tarixdan barchamizga ma’lumki, bizning zaminda juda ko‘p buyuk ajdodlarimiz yashab ijod etganlar, ular yozib qoldirgan asarlar esa dunyo ilm-fanining taraqqiyotiga benihoya ulkan hissa qo‘shgan. Hozirda Toshkent shahridagi INHA universitetida talabalarga qo‘shimcha dars sifatida qadimiy matematika bo‘yicha ma’ruza olib borayotgan professor Park Jeanam, bu safargi mavzuni ajdodimiz Al Xorazmiy ilmiy asarlarini tahlil qilishga bag‘ishladi.

Abu-Ja’far (Abdulloh) Muhammad bin Muso Al Xorazmiy, Algebra fani va Algoritm terminlarining “Otasi”, buyuk matematik, tarixchi, falakiyotshunos, geograf sifatida butun dunyoga mashhur. Al Xorazmiy dunyoga birinchi navbatda, o‘zining “Kitab Muxtasab Al Jabr val muqobala” (“Tiklash va qarama-qarshi qo‘yish haqida muxtasar kitob”) asari bilan mashhur. Ushbu asar nomidagi “Al Jabr” so‘zidan keyinchalik talaffuzdagi o‘zgarishlar tufayli “Algebra” so‘zi paydo bo‘ldi. Mazkur asarning asl qo‘lyozma matni yo‘q bo‘lib ketgan, ammo uning 1140 yilda ingliz matematigi Robert Chesterski tomonidan tarjima qilingan, lotin tilidagi nusxasi saqlanib qolgan. Bu asar nomi “Book Algebra and almukabala” hozirda Kembrijda saqlanadi. Shuningdek, “Al Jabr val muqobala” ning ispaniyalik yahudiy Ioann Sevilskiy tomonidan o‘girilgan tarjima nusxasi ham mavjud bo‘lib, uni mazkur muallif o‘zining “Boshlang‘ich arifmetika” asarining birinchi qismiga kiritgan.

Tinglovchilar ma’ruza davomida juda ko‘p qimmatli ma’lumotlar va bilimlarga ega bo‘ldilar. Universitetimiz talabalari buyuk ajdodimizga munosib farzandlar bo‘lish uchun yanada kuchliroq va mas’uliyat hissi bilan o‘qish kerakligini angladilar.

Shuningdek, Toshkent shahridagi INHA universiteti professor Park Jeanamga ana shunday qo‘shimcha ma’ruzalar tashkil etayotganligi uchun o‘z minnaddorchiligini bildirib, talaba yigit-qizlarga o‘qishlarida ulkan zafarlar tilab qoladi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq