Yamaha Motobot roboti
23.11.2015
Rukn: Texnologiya.
Muallif: Jurnal tahririyati.
Tokyo Motor Show 2015 ko‘rgazmasida Yamaha kompaniyasi o‘zining yangi ishlanmasi — sayyoramizda eng yaxshi motopoygachi bo‘lishi zarur bo‘lgan Motobot gumanoid-robotini taqdim etdi.
Hozircha Motobot tezligi 100 km/soatdan biroz ortadi, uning mototsiklida bolalar velosipedidagi kabi sug‘urtalangan g‘ildiraklar o‘rnatilgan. Biroq hozirning o‘zidayoq robot mototsiklni boshqarishda uni ishga solish richaglarini, akseleratori, tormozi hamda boshqalarni boshqarish amallarini bajarishi ishqibozlarni hayajonga soladi. Bundan tashqari, Motobot, uning muallifi tomonidan kiritilgan bolalarcha ovozga ega bo‘lib, jahonda taniqli motosport vakili, to‘qqiz marta jahon chempioni Valentino Rossiga: «Men sendan o‘zib ketish uchun yaratilganman, malakalarim kun sayin yaxshilanmoqda» — deyayotganga o‘xshaydi. Valentino Rossi hozircha bu borada o‘z fikrini bildirmadi, shu sababdan uning Motobot bilan qachon raqiblarcha musobaqalashishi haqida aytish qiyin. Yamaha muhandislari vaqt o‘tib Motobot’ga maxsus modifikatsiyalangan mototsikl zarur bo‘lmaydi deb hisoblaydilar, u har qanday poygachilar kabi tezlikni 200 km/soatgacha oshirishi mumkin.
Manba: http://global.yamaha-motor.com