Taom(pittsa)ni yetkazib beruvchi Domino’s avtomobili DXP pechi bilan jihozlandi
23.11.2015
Rukn: Texnologiya.
Muallif: .

pizza_23_11_2015

Pittsalarni yetkazib beruvchi Domino’s Pizza xalqaro restoranlar tarmog‘i ma’lum qilishicha AQSHda mahsulotlarni yetkazib beruvchi maxsus 100ta avtomobil foydalanishga topshirildi. Yo‘q, Domino’s DXP — robomobil emas, biroq juda qiziqarli buyum. Avtomobilning o‘ziga xos xususiyati shundaki, u pittsani doimiy isitish uchun kiritilgan pechga ega bo‘lib, xaridor qaynoq taomni olishga muyassar bo‘ladi.

Avtomobilda faqat haydovchi o‘rni mavjud bo‘lib, shuningdek, ichimlik, sous, salfetka va boshqalarni, shuningdek, DXPga 80tagacha pittsani yuklash imkoniga ham ega.

pizza_23_11_2015_1

Avtomobilni jihozlashda haydovchi eshigi oldida yo‘l qoplami va yo‘l chetini yoritgich o‘rnatilgan bo‘lib, bu hatto tungi vaqtlarda mahsulotni yetkazib berishda ham qulay imkoniyat beradi. Transport vositasini bezash uchun tarmoq reklamasi va shaxsiy avtomobilga qo‘shimcha yozuvlar beriladi. Bunday avtomobillar boshqa mamlakatlardagi Domino’s filiallarida qachon paydo bo‘lishi — hozircha noma’lum.

Manba: www.dominosdxp.com

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq