Tadbirkorlik faoliyati
23.11.2015
Rukn: Sharh va fikr-mulohazalar.
Muallif: Alisher Alimov.

tad_23_11_2015_2

2011-2015 yillar davrida O‘zbekiston iqtisodiyotida islohotlar miqyosini kengaytirish va chuqurkashtirish bo‘yicha tasdiqlangan chora-tadbirlar Dasturini amalga oshirish doirasida faqatgina so‘nggi yilning o‘zida tadbirkorlikka yanada keng erkinlik berish, xususiy mulk ustuvorligini ta’minlash va uning huquqiy muhofazasini kuchaytirish, korxonalarning moliya-xo‘jalik faoliyatiga davlat va nazorat qiluvchi idoralar aralashuvini kamaytirishga oid aniq chora-tadbirlar ro‘yobga chiqarlidi.

Hozirgi xalqaro amaliyotda qabul qilinganidek, reglamentga soluvchi tartib-taomillarni yanada soddalashtirish, arzonlashtirish va qisqartirish, davlat va nazorat qiluvchi organlar bilan tadbirkorlik subyektlari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarning bevosita muloqotsiz elektron shakllarini hamma joyda keng tatbiq etish talab qilinadi. Barcha kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarini soliq va moliyaviy hisobotlarni topshirishning elektron tizimiga bosqichma-bosqich o‘tkazish boshlandi.

2013-yil 1-yanvardan boshlab tadbirkorlik subyektlari tegishli davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarida tadbirkorlik faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan tartib-taomillarni o‘z xohishlariga ko‘ra elektron shaklda amalga oshirish huquqiga ega bo‘ladilar.

Ishbilarmonlik muhitini tubdan yaxshilash, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun eng qulay shart-sharoitlarni yaratish, korxonalarning faoliyati bilan bog‘liq tartib-taomillarning barcha turlarini qisqartirish, soddalashtirish va ochiq-oydinlik darajasini oshirish, statistik, moliyaviy va soliq hisobotlarini taqdim etishda, soliqlar va majburiy to‘lovlarni to‘lashda, ro‘yxatga olish va ruxsat berish tartib-taomillarini amalga oshirishda, yer maydonlarini ajratish va muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanishda, shuningdek, tadbirkorlik subyektlarini kreditlashda davlat, nazorat qiluvchi organlar bilan tadbirkorlik subyektlari o‘rtasidagi bevosita muloqotni, byurokratik sansalorlik va korruptsiyani istisno etuvchi elektron tizimga, shu jumladan, internet tarmog‘iga keng miqyosda o‘tishni ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi tashabbusi bilan «Elektron hukumat» tizimini rivojlantirish Markazi va Savdo-sanoat palatasi hamkorligida «Tadbirkorlik» axborot tizimlari majmuasi ishga tushirildi.

Iqtisodiyotga zamonaviy axborot texnologiyalarining katta ta’siri bo‘lib turgan hozirgi davrda o‘z korxonasi faoliyatida bu texnologiyalarning yangi biznes modellaridan foydalanishni yo‘lga qo‘yishga intilayotgan har qanday tadbirkor yangi bozor biznesida o‘zining strategik pozitsiyasini mustahkamlash imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Ushbu axborot tizimi orqali tadbirkorlik subyektlari tegishli davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarida quyidagi tartib-taomillarni o‘z xohishlariga ko‘ra elektron shaklda amalga oshirish huquqiga ega bo‘ladilar:

tad_23_11_2015

tad_23_11_2015_1

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq