Parlament quyi palatasi a’zolari tomonidan O‘zbekiston Respublikasining «Elektron hukumat to‘g‘risida»gi Qonunining loyihasi ma’qullandi
23.11.2015
Rukn: Коnferensiyalar, seminarlar va taqdimotlar.
Muallif: .

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 18 noyabrda bo‘lib o‘tgan yig‘ilishida Parlament quyi palatasi a’zolari tomonidan O‘zbekiston Respublikasining «Elektron hukumat to‘g‘risida»gi Qonunining loyihasi ma’qullandi.

Qonun loyihasi axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini davlat va jamiyat boshqaruvida keng joriy qilish, fuqarolarga «yagona oyna» tizimi orqali onlayn xizmatlarning ko‘rsatilishini muvofiqlashtirish evaziga turmush tarzini yaxshilash, boshqaruv jarayoni bilan bog‘liq ortiqcha ovoragarchiliklarning oldini olish kabi masalalarni qamrab olgan.

Mazkur Qonun loyihasini ishlab chiqish jarayonida Janubiy Koreyaning «Elektron hukumat to‘g‘risida»gi Qonuni, shuningdek Rossiya federatsiyasi, Belorussiya, Bolgariya, AQSh kabi mamlakatlarning bu yo‘nalishdagi me’yoriy-huquqiy hujjatlari yaqindan o‘rganib chiqilgan.

Qonun loyihasi ko‘rib chiqish uchun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga taqdim etiladi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq