Mitti robot-yordamchi Toyota Kirobo Mini avtomobillardagi stakan o‘rniga joylashadi
23.11.2015
Rukn: Texnologiya.
Muallif: Jurnal tahririyati.
Toyota kompaniyasi yangi Toyota Heart Project loyihasi — bu kompaniyaning navbatdagi yangiligi bo‘lib, unda odamlar sun’iy intellekt tizimlari bilan birga birgalikda ishlaydilar.
Yaqinda mitti Toyota Kirobo Mini robot-yordamchi taqdim etildi, uning bo‘yi 10 sm bo‘lib, avtomobilning stakan qo‘ygichiga joylasha oladi. Toyota Kirobo Mini boshqa shaxsiy yordamchilar kabi muloqot qilishi, savollar va talablarga javob berishi, tarmoqdan axborot izlashi, egasining kayfiyatini sezishi, uning o‘zgarish sabablarini aniqlashi va mazkur holatdan ta’sirlanishi, chiptalar, ayrim mahsulot va xizmatlarga buyurtma berishi mumkin.
Kompaniya mutaxassislarining bergan bahosiga ko‘ra, inson o‘z umrining to‘rt yilidan ortig‘ini avtomobillarda o‘tkazar ekan. Toyota haydovchilikda rul boshqaruvi jarayonida sizning ruhiy holatingiz haqida muhim axborotni olish mumkin deb hisoblaydi, bu ish bilan aynan Toyota Kirobo Mini shug‘ullanadi.
Kirobo so‘zi yapon tilidan tarjima qilinganida «umid» degan ma’noni anglatadi, Toyota Toyota Kirobo Minining imkoniyatlari yaxshilanib, rul boshqarayotganimizda ham jismoniy, ham ruhiy tomondan qo‘llab-quvvatlashiga ishonadi. Ovozli yordamchilar esa telefonda oddiy so‘zlashuvlarga nisbatan ko‘proq chalg‘itar ekan.
Manba: www.toyota-europe.com