LG GizmoGadget va GizmoPal 2: bolalar uchun ko‘chma qurilmalardir
23.11.2015
Rukn: Texnologiya.
Muallif: azim.
LG va Verizon Wireless kompaniyalari LG va Verizon Wireless kompaniyalari to‘rt yoshdan o‘n yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun maxsus ishlab chiqarilgan, ko‘chma LG GizmoGadget va Gizmo Pal 2 qurilmalarini taqdim etdilar.
GizmoPal 2 qurilmasi GPS priyomniklariga ega bo‘lib, ota-onalarga farzandlarining joylashgan joylarini nazorat qilish imkonini beradi. Gadjet suvdan himoyalangan. Rangi bo‘yicha ikki — pushti va feruza rangli turlarini tayyorlash ko‘zda tutilgan. Ikki tugmachasi mavjud bo‘lgan GizmoPal 2 telefon qo‘ng‘iroqlarini amalga oshirish imkonini beradi. Ikkinchi yangilik GizmoGadget bo‘lib, o‘zida funksional qurilmani namoyon etadi. Mazkur model 1,3 duymli sensorli displey, shuningdek, GPS resiver bilan jihozlangan. Yangilik oldindan belgilangan o‘nta telefon raqamlariga qo‘ng‘iroq qilishni amalga oshirish, matnli va ovozli xabarlarni almashish imkonini beradi. Bundan tashqari, sekundomer, pedometr va arqonda sakrashlar sonini hisoblagich ko‘zda tutilgan. Ikki — qizil va to‘q moviy rangli variantlari mavjud. Bir marta to‘liq quvvat olishda akkumulyator batareyasi kutish rejimida 9 kun ishlaydi.
Yangilik sotuvi allaqachon boshlangan. Qurilmalar Gizmo Pal 2 taxminan 80 AQSH dollarida taqdim etilmoqda, GizmoGadet rusumi uchun taxminan 150 dollar sarflanadi.
Manba: www.lge.com va www.verizonwireless.com