Kiritilgan proyektorga ega Aqua R2-D2 ko‘chma muzlatkichi
23.11.2015
Rukn: Texnologiya.
Muallif: Sayt ma'muri.
Keyingi vaqtlarda turli kompaniyalar tomonidan ishqibozlar diqqatini o‘ziga jalb etuvchi g‘aroyib mahsulotlar ishlab chiqarilmoqda.
Masalan, maishiy texnika ishlab chiqarishga ixtisoslashgan Haier Asia kompaniyasi Aqua R2-D2 ko‘chma muzlatkichiga buyurtma olayotganligi e’lon qilindi. U 1:1 masshtab asosida yaratilgan mashhur R2-D2 robotining aynan nusxasi ekanligini bilish qiyin emas. Aqua R2-D2 bir necha idish ichimlikni sovitibgina qolmay, balki amalga oshirayotgan ishingizdan diqqatingizni chalg‘itmaslik uchun uni sizning o‘tirgan o‘rindig‘ingizga eltib berishi ham mumkin. Buning uchun masofadan boshqarish pulti ko‘zda tutilgan. Robot «boshini» o‘girishi va ma’lum bir ovozlarni berishi ham mumkin. Muzlatkich kamerasining hajmi 6 litr, 7°Sdan 25°S.gacha havo haroratida qo‘llab-quvvatlanadi. Tezligi 1 km/soatga teng.
Bundan tashqari, robot quyidagi ko‘rsatkichli proyektor bilan jihozlangan:
- Razresheniyesi — 720p
- Tomonlarining mutanosibligi — 16:9
- Kontrastligi — 80000:1
- Ravshanligi — 32 lm
Proyektor Android (iOS qo‘llab-quvvatlanmaydi) operatsion tizim boshqaruvida ishlaydigan, mobil qurilmalaridagi suratni tasvirlay oladi. Yuqorida ta’riflangan funksionallik uchun xohlovchilar 1 mln iyen to‘lashlari zarur, bu deyarli $9 000ni tashkil etadi. Mazkur yetkazib berish narxi hisobga olinmagan narx bo‘lib, bundan tashqari, uni hozircha faqat Yaponiyada yashaydiganlar sotib olishga muyassar bo‘ladilar.
Aqua R2-D2 muzlatkichlarining sotuvini boshlash dekabr oyiga rejalashtirilgan.
Manba: www.otakumode.com