IDC ma’lumotlarga ko‘ra, 2015-yilning uchunchi choragida 355 mln dona smartfon yetkaziib berildi, deyarli har to‘rtinchisi Samsung rusumiga taalluqli
23.11.2015
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

IDC analitik kompaniyasi joriy yil choragi uchun smartfonlar bozori hisobotini e’lon qildi. IDC mutaxassislari hisobiga muvofiq, hisobot davrida bozorga mazkur qurilmalardan 355,2 mln. dona chiqarilgan, 2014-yilda 332,6 mln. dona smartfon chiqarilgan bo‘lib, bu yil 6,8 foiz ko‘proq yetkazib berilgan. Shuni ta’kidlash kerakki, olingan mazkur ko‘rsatkichlar IDC tomonidan berilgan 363,8 mln. smartfon yetkazilishi ko‘rsatilgan prognoziga yaqin bo‘ldi.

idc_23_11_2015

Samsung bozorning tengsiz yetakchisi bo‘lib qolmoqda. Janubiy Koreyalik ishlab chiqaruvchi o‘z o‘rnini saqlab qolishi uchun yil mobaynida 79,6 mln.dan 84,5 mln.tagacha, ya’ni 6,1 foizgacha ortiq apparat yetkazib berishi zarur. Kompaniya ulushi 23,8 foizni tashkil etadi, bu bir yil oldin 23,9 foizga teng edi. Samsungning raqobatchisi, Apple kompaniyasi mahsulot yetkazib berishni 39,3 mln.tadan 48,0 mln. donagacha ko‘paytirdi va o‘z ulushini 13,5 foizgacha oshirdi. Aslida, bu ko‘rsatkichni Samsungning ulushiga qiyoslash mumkin bo‘lmasada, biroq Applening o‘tgan yildagi 11,8% ko‘rsatkichidan ortiq bo‘ldi. Uchinchi o‘rinda Huawei kompaniyasi bo‘lib, bir yil oldin hatto birinchi beshlikka ham chiqa olmagandi. Xitoy ishlab chiqaruvchilari mahsulot yetkazib berishni yil bo‘yi jami 16,5 mln.dan 26,5 mln.gacha, ya’ni 60,9 foizga ko‘paytirdilar, natijada ulush 5,0 foizdan 7,5 foizgacha o‘sdi. Ro‘yxatda to‘rtinchi bo‘lib, Lenovo kompaniyasi o‘rin olgan, unga smartfonlar bozoridagi 5,3% ulush tegishlidir. Smartfonlar yirik ishlab chiqaruvchilari qatorida beshinchi o‘rinni Xiaomi kompaniyasi egalladi, u o‘tgan yilda uchinchi o‘rinda edi. Uning ulushi deyarli o‘zgarmadi va 5,2 foizni tashkil etdi.

Manba: http://www.idc.com

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq