Gest — kompyuter va mobil qurilmalarini boshqarish uchun chichqoncha va klaviatura o‘rnini bosa oladi
23.11.2015
Rukn: Texnologiya, Yangiliklar.
Muallif: .

Hozirgi vaqtda Gest jamoasi Kickstarter maydonida mobil qurilmalarini boshqarish uchun shu nomdagi tizimlarni ishlab chiqarishi uchun zarur bo‘lgan 100 ming dollar jamlamoqda.

gest_23_11_2015

Ishlab chiqaruvchilar ta’kidlashicha, klaviatura va sichqoncha foydalanuvchilar uchun borgan sari noqulayroq bo‘lib tuyulmoqda, zamonaviy qurilmalar o‘lchamida ixchamlashtirilmoqda va kundalik hayotimizga kirib kelmoqda. Gest foydalanuvchining kaft va barmoqlariga mahkamlanadigan qo‘lqopga o‘xshaydi, qurilma qo‘lda intuitiv ishlash imkonini beradi. Uning yordamida barmoq va kaft bilan oddiy va tushunarli harakatlarni amalga oshirib, kursorni boshqarish, Maya uch o‘lchamli modellarini yaratish, Photoshop, 3DS Max va AutoCADda ishlash mumkin. Bundan tashqari, u yoki bu harakat ishoralari yordamida qurilmani sozlashingiz, turli funksiyalarni bajarishingiz mumkin.

Barmoqlar harakati ta’sirchanlik va hozirjavoblikni ta’minlash 40dan 60 ms.gacha vaqtga to‘g‘ri keladi, 15ta alohida sensorlar barmoqlaringiz ko‘rsatgan harakatlarga aniq javob beradi. Gest bilan turli dasturlardan foydalanishdan tashqari, qurilma yordamida matn terish ham mumkin.

gest_23_11_2015_1

Gestning sotuvga chiqarilishi kelasi yil noyabr oyiga mo‘ljallangan. Bunday «qo‘lqop»ning bir jufti oldindan buyurtma berilganida $299ga to‘g‘ri keladi.

Manba: www.kickstarter.com

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq