2016-yilda avtonom ishlovchi robotlar xarid qilingan mahsulotlarni yetkazib berish bilan shug‘ullanadi
23.11.2015
Rukn: Texnologiya.
Muallif: .

robot_23_11_2015

Starship kompaniyasi kelasi yilda dastlabki sinov loyihasi doirasida avtonom ishlaydigan kichik olti g‘ildirakli aravacha-robotlar xizmatini tashkil etishni rejalashtirgan. Mazkur robot Skype servisi hamkor ta’sischilari tomonidan yangi Starship kompaniyasi tasarrufida ishlab chiqilgan. Ishlab chiquvchilar ma’lum qilishicha, mazkur robot buyurtma tushganidan keyin yarim soat mobaynida 9 kg xarid qilingan mahsulotni yuklash va qisqa masofalarga eltib berishga mo‘ljallangan.

Starship Bosh direktori Axti Xeynla (Ahti Heinla)ning ta’kidlashicha, xaridni yetkazib berish bo‘yicha transport vositasi 99% avtonom holda ishlaydi. Kompaniya hozircha amal qilayotgan prototiplarni yaratdi, ular testdan o‘tkazilmoqda. Yuk yetkazib berish bo‘yicha dastlabki loyiha kelgusi yilda Grinvich (London)da foydalanishga topshiriladi. Kompaniya tomonidan ta’kidlanishicha, mazkur loyihani joylarda qo‘llab-quvvatlamoqdalar. Yana bir loyihani kelgusi yilda AQSHda — Boston, Nyu-York va San-Fransiskoda ishga tushirish rejalashtirilgan. Loyiha muvaffaqiyat qozona olsa, xaridni yetkazib berish xizmatida avtonom ishlovchi robotlashgan aravachalar boshqa mamlakatlarda ham amal qila boshlaydi.

robot_23_11_2015_1

Xeynlaning ta’kidlashicha, Starship robotlari mijozlar uchun mahsulotni yetkazib berish uchun xarajatlarni kamaytirishga mo‘ljallangan. «Ko‘pincha oxirgi mil uchun to‘lov, umumiy yetkazib berish to‘lovi hajmining katta qismini tashkil etadi», — deydi u. Robot yordamida xaridni yetkazib berish velosiped yoki avtomobil vositasida dastyorlar yetkazib berishiga nisbatan ancha arzonga tushadi, bundan tashqari, bu ish yanada tezroq amalga oshadi.

Robot-aravacha mahsulotlarni yig‘ish va yuklashga buyurtma olganidan so‘ng uni reteyler punktiga yaqin olib keladilar. Unga kiritilgan GPS, kameralar, giroskop tizimlari, shuningdek, oldindan o‘rnatilgan kartografik ilovalar robotni yetkazib berish yo‘nalishidagi harakatini kuzatish imkonini beradi, zarur holatda operator masofadan turib, buyurtmani bajarishni nazorat qilish mas’uliyatini o‘ziga olishi mumkin.

robot_23_11_2015_2

Mobil ilovalari xaridorga yetkazib berish jarayonini kuzatish imkonini beradi. Robot belgilangan manzilga yetib kelgach aravacha ichidagi mahsulotni olishga telefon mobil ilovasida oldindan kiritilgan mijozgina haqli bo‘ladi. Starship robotining hajmi 660 x 533 x 559 mmga teng bo‘ladi. Kompaniya tomonidan kelgusida turli hajmdagi robotlar tayyorlash rejalashtirilmoqda.

robot_23_11_2015_3

Haydovchisiz uskuna hozirda mahsulotlarni uylarga yetkazib berish sohasidagi jarayonlarga mo‘ljallanmoqda, aslida, robotlar bunday servislar uchun yanada samarali bo‘lishi mumkin. Mazkur dronlardan tijorat maqsadida foydalanishda AQSHda robotlashgan transport qurilmalari, Amazon, Wal-Mart yoki BPLA asosidagi Google servislariga nisbatan ancha ilgari paydo bo‘lishi mumkin. Yirik qidiruv tizimi tomonidan ma’lum qilishicha, 2017-yilda mahsulotlarni dronlardan foydalanib, yetkazib berish yo‘lga qo‘yiladi. «Maqsadimiz — tijorat faoliyatimizni 2017-yilda boshlashdan iborat», — deydi loyiha rahbari Project Wing Devid Voz (David Vos), Vashingtonda bo‘lib o‘tgan havodagi harakatlarini boshqarish bo‘yicha an’anaviy konferensiyadagi chiqishida. Afsuski, Voz qanday dronlar mazkur servisdan foydalanishi va qanday yuklarni yetkazib berishi haqida ma’lumot bermadi.

Manba: www.3Dnews.ru

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq