infoCOM.UZ «O‘zbekiston matbuoti» V Milliy ko‘rgazmasi «Bolalar adabiyoti» II ko‘rgazmasida ishtirok etmoqda
19.11.2015
Rukn: Sharh va fikr-mulohazalar.
Muallif: .

infocom_18_11_2015

2015 yil 18-20 noyabr kunlari Toshkent shahri «O‘zekspomarkaz» Milliy ko‘rgazmalar majmuasida «O‘zbekiston matbuoti» V milliy ko‘rgazmasi hamda mazkur tadbir doirasida ikkinchi bor «Bolalar adabiyoti» ko‘rgazmasi o‘tkazilmoqda. infoCOM.UZ jurnali «O‘zbekiston matbuoti» V Milliy ko‘rgazmasida ishtirok etmoqda.

Tadbir tashkilotchilari: O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik Palatasi va Vazirlar Mahkamasi ko‘magida.

Tadbirning maqsadi: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning «Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish Konsepsiyasini axborot sohasini isloh qilish, axborot va so‘z erkinligini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirish choralariga oid belgilangan tadbir ijrosini ta’minlash maqsadida «O‘zbekiston matbuoti» V milliy ko‘rgazmasi hamda ikkinchi bor «Bolalar adabiyoti» ko‘rgazmasi ham tashkil etildi.

Sohaning davlat tomonidan keng qo‘llab-quvvatlanishi zamirida mamlakatimizda demokratik jarayonlarni chuqurlashtirish, aholining ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, fuqarolarning axborot va so‘z erkinligini ta’minlash, yurtimizda amalga oshirilayotgan buyuk bunyodkorlik mohiyatini jahon hamjamiyatiga yetkazish kabi ezgu-maqsadlar mujassam ekanini alohida qayd etish lozim.

Mamlakatimizda mustaqil taraqqiyot yillari barcha jabhalar qatori ommaviy axborot vositalari, matbaachilik, nashriyot sohalari uchun ham tom ma’noda yuksalish davri bo‘ldi.

infocom_18_11_2015_1

Sohaning davlat tomonidan keng qo‘llab-quvvatlanishi zamirida mamlakatimizda demokratik jarayonlarni chuqurlashtirish, aholining ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, fuqarolarning axborot va so‘z erkinligini ta’minlash, yurtimizda amalga oshirilayotgan buyuk bunyodkorlik mohiyatini jahon hamjamiyatiga yetkazish kabi ezgu-maqsadlar mujassam ekanini alohida qayd etish lozim.

«O‘zbekiston matbuoti» V Milliy ko‘rgazmasida respublikamizning yetakchi davriy bosma nashrlari va nashriyotlar ishtirok etib, matbuot va axborot sohasida erishilgan yutuqlarni namoyish etmoqdalar. Bu yilgi ko‘rgazmada markaziy hamda hududlardagi yoshlar davriy nashrlariga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Ko‘rgazma doirasida respublikamizda turli yo‘nalishda faoliyat yuritayotgan nashriyotlar, poytaxtda faoliyat yuritayotgan yigirmadan ortiq nashriyot va matbaa korxonalari  tomonidan maxsus tayyorlangan bolalar adabiyoti ko‘rgazmasi ham tashkil etilgan.

Mazkur ko‘rgazma doirasida nashriyotlar tomonidan so‘nggi yillarda chop etilgan yangi kitoblarining taqdimotlari, ularning mualliflari, taniqli shoir va yozuvchilar hamda noshir va matbaachilar bilan muloqotlar, taqdimotlar ham o‘tkazilmoqda.

«O‘zbekiston matbuoti» milliy ko‘rgazmasi va «Bolalar adabiyoti» ko‘rgazmasi doirasida «Yilning eng yaxshi kitobi» respublika ko‘rik tanlovi g‘oliblarini takdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq