«O‘zbekistonda raqamli televideniyening rivojlanish istiqbollari» mavzusidagi ilmiy-texnik seminar
15.11.2015
Rukn: Коnferensiyalar, seminarlar va taqdimotlar.
Muallif: .

tel_15_11_2015

Raqamli televideniyening joriy etilishi umumdavlat ahamiyatidagi muhim masala bo‘lib hisoblanadi. 2006-yilda  Jenevada o‘tkazilgan Yer ustida raqamli eshittirishlar bo‘yicha mintaqaviy radioaloqa konferensiyasi doirasida, Yevropa va ko‘plab MDH mamlakatlari qatorida, O‘zbekiston ham bosqichma-bosqich raqamli teleradioeshittirishlarga o‘tish to‘g‘risidagi shartnomani imzoladi. Mazkur kelishuv yanada zamonaviy-raqamli eshittirishlar formatiga o‘tishni nazarda tutadi.

tel_15_11_2015_1

O‘zbekistonda raqamli televideniyega o‘tish jarayonini Prezidentimizning 2010-yil 20-avgustdagi Qaroriga muvofiqlashtirish uchun respublikada Idoralararo raqamli teleradioeshittirishlarga o‘tish masalalari bo‘yicha ishchi guruh tuzildi. «O‘zbekiston Respublikasida 2010-2015 yillarda raqamli teleradioeshittirishlariga o‘tish chastotali-hududiy rejasi» ishlab chiqildi. Mazkur loyihani amalga oshirish ishlari bilan O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, “Radioaloqa, radioeshittirishlar va televideniye markazi” DUK va boshqa tashkilotlar shug‘ullanmoqda.

tel_15_11_2015_2

Prezidentimiz  Islom Karimov tomonidan 2012-yil 17-aprelda «O‘zbekiston Respublikasida raqamli televideniyega texnik va texnologik o‘tish bo‘yicha davlat dasturi to‘g‘risida»gi PQ-1741 sonli Qaroriga muvofiq mamlakatimizda raqamli televideniyega o‘tish ikki bosqichda: birinchi bosqich 2012-2015 yillarda, ikkinchisi – 2016-2017 yillarda amalga osirilishi belgilangan. Raqamli formatga to‘liq o‘tish 2017-yil oxiriga qadar amalga oshiriladi.

Dastur mamlakatimizda raqamli standartga o‘tishning barcha jihatlarini qamrab olgan. U uch qismdan iborat. Birinchi qism – raqamli televideniyeni joriy etish sohasida huquqiy bazani takomillashtirishga yo‘naltirilgan. Unda O‘zbekiston Respublikasida raqamli televideniye xizmatlarini ko‘rsatish qoidalarini ishlab chiqish va tasdiqlash masalalari belgilab berilgan, shuningdek, raqamli televideniye signallarini qabul qilish qurilmalari standartlarini tasdiqlash ko‘zda tutilgan. Dasturda tomoshabinlarni sifatsiz mahsulotlardan himoya qilish va bozorga standartlarimizga muvofiq kelmaydigan turli qurilmalar kirib kelishiga yo‘l qo‘ymaslik masalalari belgilab berilgan.

Hozirgi davrda aholini raqamli televideniye bilan qamrab olish darajasi 54 foizgacha yetkazildi. 2015-yil oxirigacha 70 foizga yetkazish rejalashtirilgan.

O‘zbekistonda raqamli televideniyega ulanish bo‘yicha xizmat ko‘rsatuvchi bir necha kompaniyalar amal qiladi. Ijtimoiy dasturlar paketida kanallar soni 12taga yetkazildi.

«UZDIGITAL TV» mas’uliyati cheklangan jamiyati raqamli televideniye tijorat dasturlari paketiga ulanish xizmatini ko‘rsatadi.

Mamlakatimiz televideniyesi bozorida yuqori aniqlikdagi HD televideniyening paydo bo‘lishi – respublikamizda muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Bu shunisi bilan muhimki, O‘zbekiston Markaziy Osiyo mintaqasi mamlakatlari o‘rtasida «Uz.HD» nomini olgan, yuqori aniqlikdagi yer usti televideniyasi tizimi foydalanishga topshirilgan birinchi mamlakatga aylandi. HDTV tasvir va tovushni yanada yuqori sifati, yorqin va to‘liq rangli, aniq detallarni tasvirlashi bilan farq qiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 3-apreldagi PQ-2157 sonli «O‘zbekiston Respublikasida yer usti raqamli televideniyeni rivojlantirish uchun Yaponiya xalqaro hamkorlik banki va Yaponiya tijorat banklarining imtiyozli kreditini jalb etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Qarori qabul qilindi. Mazkur hujjat respublikamizning barcha aholi punktlarini raqamli televideniye bilan qamrab olinishini to‘liq ta’minlash, shuningdek, Yaponiya xalqaro hamkorlik banki va Yaponiya tijorat banki ishtirokida «O‘zbekiston Respublikasida yer usti raqamli eshittirishlar tarmog‘ini rivojlantirish» investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun taqdim etilgan imtiyozli kreditdan samarali foydalanishni ta’minlash maqsadida qabul qilingan.

«O‘zbekiston Respublikasi yer usti raqamli televideniyesi tarmog‘ini rivojlantirish» loyihasini amalga oshirish bahosi 73,63 mln. dollarni tashkil etadi. Farmonga muvofiq loyiha ishtirokchilari uchun soliqlar va bojxona to‘lovlari bo‘yicha qator imtiyozlar ko‘zda tutilgan.

Bugungi kunda O‘zbekistondagi bozor sharoitlari raqamli televideniye xizmatlarini joriy etish uchun juda qulaydir. Zamonaviy televizorlar ishlab chiqarish bo‘yicha yirik korxonalar mavjud. Shu munosabat bilan aholi uchun: ekranining katta diagonali, yuqori ravshanlik va kontrastlik, steretovush, tasvirining yuqori aniqligi, shuningdek, kiritilgan raqamli televideniye tuneri kabi katta imkoniyatlarga ega bo‘lgan telepriyomniklar yildan-yilga arzonlashib bormoqda. Televizorlar ishlab chiqaruvchilar o‘z mahsulotlarining sotuvi bo‘yicha katta miqyosli tadbirlarni o‘tkazmoqda, raqobatchilik muhitiga imkon yaratib, ishlab chiqarish hajmini oshirmoqdalar. Tanlov doirasi – boyitilmoqda. Bundan tashqari, Navoiy EIIHda «Telecom Innovations» QK tomonidan raqamli televideniye tunerlari ishlab chiqarilishini o‘zlashtirildi.

Mamlakatimizda axborotga ulanishni ta’minlash sohasini muhim tashkil etuvchi raqamli televideniyeni joriy etish va rivojlantirish yo‘naltirilgan katta miqyosli ishlar davom ettirilmoqda.

Shu bilan birga, jahonda televideniye texnologiyalarini rivojlantirish davom ettirilmoqda. Ultra yuqori aniqlikdagi Ultra-HD televideniye, o‘ta yuqori aniqlikdagi 4K, stereotelevideniye, 3D uch o‘lchamli televideniye, golografik televideniye texnologiyalari yaratilmoqda.

Internet bo‘yicha televideniye xizmatlari – IP-TV jadal rivojlanib bormoqda. Hozirgi vaqtda O‘zbekistonda bir necha operatorlar hamda provayderlar tomonidan shunday xizmatlar ko‘rsatilmoqda.

Bu barcha yangiliklar yaratilayotgan raqamli televideniye tarmog‘i oldiga ma’lum bir texnik shartlarni qo‘yadi. Shuningdek, bularning barchasi raqamli televideniye tarmog‘ining yaratilishi bilan televizion texnologiyalar rivojiga oid ishlar to‘xtatilmasligi, balki yangi texnik va texnologik darajada davom ettirilishini ko‘rsatadi.

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq