«O‘zbekistоn Respublikasi «Elektron hukumat to‘g‘risida»gi Qonuni loyihasi muhokama qilindi
13.11.2015
Rukn: Sharh va fikr-mulohazalar.
Muallif: .

Tadbirni o‘tkazishdan maqsad – Mamlakat parlamenti Qonunchilik palatasi tomonidan ko‘rib chiqilayotgan, «O‘zbekistоn Respublikasi «Elektron hukumat to‘g‘risida»gi Qonunning loyihasini ekspertlar muhitida muhokama etish, uni mukammallashtirish hamda takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar tahlilini umumlashtirishdan iborat.

Tadbirda deputatlar, hukumat ijrochi organlari rahbarlari va mutaxassislari, axborot muhiti ekspertlari, axborot texnologiyalari sohasida faoliyat yurituvchi biznes va nodavlat notijorat tashkilotlarining vakillari va boshqalar ishtirok etdilar.

Axboroto-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT)ni rivojlantirish va tatbiq qilish jarayonlari zamonaviy jamiyatning rivojlanishida muhim ahamiyatli o‘rin tutadi. Bugungi kunda AKT davlat boshqaruvi, jamiyat hayotini demokratlashtirish va liberallashtirish tizimlarini modernizatsiyalashtirish uchun texnologik muhitni shakllantiradi. Aynan zamonaviy AKTdan foydalanish davlat organlarining faoliyati yanada ochiq bo‘lishiga imkon beradi, muhim boshqaruv jarayonlarida fuqarolarning faol ishtirok etishi uchun sharoit yaratadi. AKTdan keng foydalanish biznesni yuritish sharoitlarini yaxshilash imkonini beradi, milliy iqtisodiyotimizda raqobatbardoshlik, mamlakat aholisi hayoti sifatini oshiradi.

Mamlakatimiz Prezidenti rahnamoligida amalga oshirilayotgan axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini har tomonlama rivojlantirishga yo‘naltirilgan O‘zbekistоn Respublikasi davlat siyosati mustaqillik yillarida erishilgan yutuqlar va milliy axborot muhitini shakllantirish hamda rivojlantirish ishlarining natijalari, boshqaruv tizimlari faoliyati samaradorligining oshirilishi bilan asoslanadi. Ijtimoiy-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy islohotlar asosini milliy «o‘zbek» modeli tamoyillariga muvofiq amalga oshirilayotgan choralar tizimli va uzluksiz axborot muhitini me’yoriy-huquqiy bazalarini yanada takomillashtirish, mazkur sohada munosabatlarni boshqarish maydonining samarali shakllantirilishi bo‘yicha olib borilayotgan ishlar tashkil etadi.

Jamiyat va davlat hayotining barcha sohalari va davlat qurilishida AKTni yanada rivojlantirish va joriy etish O‘zbekistоn Respublikasi Prezidentining 2013-yil 27-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasida Milliy axborot-kommunikatsiya tizimini yanada rivojlantirish choralari to‘g‘risida»gi PQ-1989 sonli Qarori, shuningdek, 2014-yil 25-iyundagi F-4305 sonli farmoyishi bilan asoslangan. O‘zbekistоn Respublikasi Prezidentining O‘zbekistоn Respublikasi «Elektron hukumat to‘g‘risida»gi Qonunni ishlab chiqilishi va qabul qilinishi zarurligi to‘g‘risidagi tashabbusi bilan ma’qullangan. Davlatimiz Rahbari tomonidan qabul qilingan, yuqorida sanab o‘tilgan hujjatlarga muvofiq, mazkur qonunning qabul qilinishi «Elektron hukumat» tizimini joriy etishning asosiy yo‘nalishlarining belgilab berilishiga, axborot texnologiyalaridan davlat organlari faoliyatida foydalanishni kengaytirish, fuqarolar, tashkilotlar, chet el fuqarolari bilan o‘zaro munosabatlar, davlat boshqaruvi faoliyatlarining samarasini oshirish, shaffoflik va ochiqlikni ta’minlashda yordam beradi.

Tadbirda tayyorlangan qonun loyihasining me’yorlari, qabul qilinadigan qonunning amal qilish darajasi oshirish bo‘yicha amaliy tajribada hisobga olingan taklif va tavsiyalar bo‘yicha ekspertlar muhokamasi amalga oshirildi.

Bundan tashqari, ekspertlar «elektron hukumat» tizimi doirasida elektron so‘rovlarni boshqarishning huquqiy mexanizmlarini takomillashtirish, interaktiv elektron davlat xizmatlari va boshqalar bo‘yicha qator tavsiyalar berdilar.

Konferensiyada ekspertlar tomonidan berilgan takliflarda shunday qonunlarning qabul qilinishining huquqiy qo‘llanilishida turli: jumladan, AQSH, Koreya Respublikasi, Germaniya, Finlyandiya, Avstriya va boshqa mamlakatlarning keng tajribalari umulashtirildi.

Ma’ruza bilan chiqqan konferensiya ishtirokchilari respublikada Qonunning qabul qilinishi va elektron hukumatning yanada rivojlanishi kelgusida quyidagilar:

davlat organlari faoliyati samaradorligini yanada oshirish, yuridik va jismoniy shaxslarga elektron davlat xizmatlari ko‘rsatilishini yaxshilash;

jamiyat hayotining turli sohalari (sog‘liqni saqlash, ta’lim, ish bilan bandlik va aholining ijtimoiy himoyasi, turar-joy-kommunal xo‘jaligi, savdo va boshqalar)da axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni kengaytirish;

qabul qilinadigan qarorlarning tezkorligi va sifatini oshirish, axborot-tahliliy tizimlarning yaratilishi muvofiq ravishda, amal qilishi evaziga davlat boshqaruvida xarajatlarni qisqartirish;

axborot tizimlari va resurslarini alohida davlat organlarida takrorlanishining oldini olish va boshqalarning rivojlanishiga olib kelishini ta’kidladilar.

Qonun loyihasining qabul qilinishi aholi va tadbirkorlik subyektlari o‘rtasida katta talabga ega bo‘lgan elektron davlat xizmatlarini amalga oshirish va joriy etish, sifatli davlat xizmatlarini ko‘rsatish va davlat organlarining tarmoqlararo elektron o‘zaro aloqalarga to‘liq o‘tishlari uchun axborot tizimlari komplekslari va elektron hukumat ma’lumotlar bazasini umumlashtirish sharoitlarini yaratadi.

O‘tkazilgan konferensiya davomida axborot sohasi ekspertlari va mutaxassislari tomonidan olingan dolzarb, huquqiy qo‘llash amaliyoti bilan bog‘liq amaliy tavsiya va takliflar, deputatlar korpusi tomonidan ekspert jamoatchiligi bilan qayta aloqaning ishonchli mexanizmlari o‘rnatilishi, qo‘llanilayotgan me’yoriy-huquqiy hujjatlarning rivojlanishiga, ijtimoiy-siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning amalga oshirishiga yordam beruvchi boshqaruv bo‘yicha ishonchli baho berish mazmunida ko‘rib chiqiladi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq