CLICK – 1 milliondan ortiq foydalanuvchilarning tanlovi!
12.11.2015
Rukn: Sharh va fikr-mulohazalar.
Muallif: .

click_11_11_2015

2015-yil 11-noyabr kuni CLICK kompaniyasi O‘zbekiston Respublikasida mobil va internet-banking tizimining rivojlanishida muhim bosqichga erishilganini mamnuniyat bilan xabar qiladi – CLICK tizimiga ulangan foydalanuvchilarning soni 1 000 000dan oshdi!

O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotida oxirgi yillardagi axborot texnologiya va bank sohalarining faol ravishdagi rivojlanishi taqdim qilinayotgan xizmatlarning ko‘lamini kengaytirishga va plastik kartalarning egalariga nafaqat mobil telefon orqali o‘zlarining hisob-varaqlarini boshqarish, va shu bilan birga, uydan turib, o‘zlariga qulay bo‘lgan paytda to‘lovlarni amalga oshirish imkoniyatini beruvchi innovatsion texnologiyalarning bozorga kirib kelishiga zamin yaratib berdi. O‘tgan 4 yil mobaynida CLICK kompaniyasi kichik startapdan eng keng xizmat va imkoniyatlar turlarini taqdim qiluvchi O‘zbekistonning mobil va internet-banking sohasidagi yetakchi kompaniyalarning biriga aylandi. CLICK kompaniyasining yuzlab hamkorlari savdo-sotiq va xizmat ko‘rsatishda nafaqat onlayn tarzda, balki an’anaviy chakana savdo do‘konlarda ham tizimning qulayligini amaliyotda ko‘rdilar.

Kompaniyaning tashkil topganining 4 yilligi arafasida foydalanuvchilari soni 1 000 000dan oshishi ham katta va muhim ahamiyatga ega bosqich bo‘ldi. CLICK tizimida ID-1000000 ro‘yxat raqami bilan qayd qilingan yangi foydalanuvchi Qashqadaryo viloyatida istiqomat qiluvchi O‘ktam Xaitovich Niyazov bo‘ldi. Kompaniya butun jamoasi nomidan tabriklab, unga maxsus qimmatbaho sovg‘a – Samsung Galaxy S6 mobil telefonini taqdim qilishga ahd qildi. “CLICK tizimining ishga tushgani va doimiy ravishda, rivojlanib kelishi O‘zbekiston Respublikasidagi mobil va internet-banking sohasida eng innovatsion xizmatlarning taqdim qilinishiga imkon yaratib berdi. Shunday qisqa vaqt ichida 1 milliondan ortiq foydalanuvchilarning ulanishi ushbu tizim tomonidan ko‘rsatilib kelinayotgan xizmatlarning tobora ommaviylashayotganidan va aholi o‘rtasida umuman olganda, elektron to‘lovlarga bo‘lgan ishonchning o‘sib borayotganidan dalolat bermoqda”, deb izohladi Yagona Umumrespublika Protsessing Markazining direktor o‘rinbosari Farruh Ziyayev.

O‘z plastik kartasi hisob-raqamidan kundalik mobil telefoni so‘zlashuvi, shu bilan birga, turli kommunal xizmatlarga to‘lovlarning keng ko‘lamli imkoniyatlarini yaratib berishga va turli hamkorlar ro‘yxatini kengaytirishga qaratilgan rivojlanish strategiyaning kompaniyada qabul qilinishi natijasida CLICK kompaniyasi qisqa davr mobaynida shunday natijalarga erishishga muvaffaq bo‘ldi.

“Kompaniyamiz tomonidan ishlab chiqarilgan tizim 1 milliondan ortiq foydalanuvchilarning ishonchini qozonganidan juda mamnunmiz. Bu tanlagan rivojlanish yo‘limiz to‘g‘riligidan dalolat bermoqda va bundan buyon ham tizimimiz rivojiga katta e’tibor beramiz. Fursatdan foydalanib millioninchi foydalanuvchimiz – O‘ktam Haitovich Niyazovni tabriklaymiz va ularga barcha ezgu-tilaklarimizni tilab qolamiz! CLICK tizimiga xush kelibsiz!”, – dedi CLICK kompaniyasining direktori Ulug‘bek Rustamov. Fursatdan foydalanib, CLICK kompaniyasi barcha foydalanuvchilariga, banklarga va hamkorlariga CLICK mobil va internet-banking tizimiga bildirilgan ishonchlari va tanlovlari uchun o‘z minnatdorchiligini bildiradi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq