“UNITEL” MChJning ob’ektlari foydalanishga qabul qilindi
11.11.2015
Rukn: Mobil aloqa.
Muallif: .

Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi (Inspeksiya)ning qurilishi tugallangan aloqa ob’ektlarini foydalanishga qabul qilish to‘g‘risidagi farmoyishlariga asosan Farg‘ona viloyati hududidagi “UNITEL” MChJning qurilishi tugallangan 5 ta ob’ektlarini foydalanishga qabul qilish yuzasidan topshirilgan hujjatlari Inspeksiyaning Farg‘ona viloyati hududiy bo‘linmasi xodimlari tomonidan joriy yilning oktabr oyi davomida tahlil qilindi va ob’ektlar joyiga chiqib o‘rganildi. Topshirilgan hujjatlar to‘plamini tahlil qilish hamda joyiga chiqib o‘rganish jarayonida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan tegishli xulosalar berildi.

“UNITEL” MChJ korxonasi tomonidan kamchiliklar bartaraf etilgandan so‘ng ob’ektlar foydalanishga qabul qilindi.

Mazkur ob’ektlarning ishga tushirilishi bilan xizmat ko‘rsatish qamrovi hududi kengayishi hamda xizmatlar sifati yaxshilanishiga erishiladi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq