“INFOLIB-2015” IV Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida KADATA avtomatlashgan axborot-kutubxona tizimi bo‘yicha trening
11.11.2015
Rukn: Sharh va fikr-mulohazalar.
Muallif: Jurnal tahririyati.
2015 yil 10 noyabr kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “INFOLIB-2015” IV Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida KADATA avtomatlashgan axborot-kutubxona tizimi bo‘yicha trening bo‘lib o‘tdi. Trening tashkilotchilari – BePro kompaniyasi.
Treningda KADATA avtomatlashgan axborot-kutubxona tizimida oddiy, masofaviy qayd etish, topilgan resurslarni ko‘rish, tahrir qilish, statistikasini ko‘rish, eksport va import qilish ishlarini amalga oshiruvchi “Chitateli”, “Personalniy kabinet”, “Sirkulyatsiya”, “Komplektovanie”, “Katalogizatsiya” va “Administrirovanie” kabi modullar yordamida ishlash bo‘yicha batafsil tavsiyalar berib o‘tildi.
KADATA avtomatlashgan axborot-kutubxona tizimi bo‘yicha treningda BePro kompaniyasi vakili ishtirokchilarga integratsiyalashgan “KADATA Web 3.0”, AIBS “KADATA” tizimlari haqida so‘zlab berdi, ularni tizimli, asosiy xarakteristikalari, tizimga qayd etilgan va qayd etilmagan foydalanuvchilarning kirish qoidalari, oddiy, kengaytirilgan, mufassal va lug‘at bo‘yicha amalga oshiriladigan qidiruv bilan tanishtirdi.
Treningda axborot-kutubxona muassasalari mutaxassislari va mazkur tizimda ishlash tajribasiga ega kutubxona foydalanuvchilari ishtirok etdilar. BePro kompaniyasi vakili kutubxona foydalanuvchilari bilan muloqot olib borib, ularning fikrlari va takliflari bilan tanishdi. Trening ishtirokchilari pdf-formatidagi himoyalangan hujjatlarni ko‘rish, qidiruv natijasini saqlash va buyurtma uchun nashrlarni ajratib olish to‘g‘risidagi kerakli ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.