O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “INFOLIB-2015” IV Milliy axborot- kutubxona haftaligiga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi
09.11.2015
Rukn: Sharh va fikr-mulohazalar.
Muallif: Jurnal tahririyati.
2015 yil 5 noyabr kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “INFOLIB-2015” IV Milliy axborot- kutubxona haftaligiga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Matbuot anjumanida O‘zbekiston Milliy kutubxonasi rahbariyati, kutubxona xizmat rahbarlari va OAV vakillari ishtirok etdilar.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 11 fevraldagi 56-f-sonli farmoyishining 1-ilovasi bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasida 2015 yilda o‘tkaziladigan xalqaro ilmiy va ilmiy-texnikaviy anjumanlar rejasi” ga asosan Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda 2015 yil 9-13 noyabr kunlari “INFOLIB-2015” IV Milliy axborot-kutubxona xaftaligini o‘tkazadi.
Matbuot anjumanida OAV vakillariga “INFOLIB-2015” IV Milliy axborot- kutubxona haftaligi to‘g‘risida ma’lumot berildi. Uning axborot madaniyatini yuqori darajaga ko‘tarish hamda respublika milliy madaniy merosini asrash, mutolaaga bo‘lgan mehrni oshirish, axborot-kutubxona foydalanuvchilariga internet orqali xizmat ko‘rsatish imkoniyatlarini oshirish, yangi zamonaviy texnologiyalaridan foydalanish kabi ilmiy bilimlarni ommalashtirish; aholining turli qatlamlariga xizmat ko‘rsatishni tashkil etishda kutubxonalarning ijtimoiy-madaniy rolini oshirishdan iborat maqsadi haqida alohida to‘xtab o‘tildi.
Jurnalistlar oldida so‘zga chiqar ekan, O‘zbekiston Milliy kutubxonasi direktori o‘rinbosari A.Ishmatov, “INFOLIB-2015” IV Milliy axborot- kutubxona haftaligida o‘tkaziladigan tadbirlar haqida so‘zlab berdi. “Haftalik doirasida axborot-kutubxona muassasalari mutaxassislari uchun “Foydalanuvchilarning axborot madaniyatini va media savodxonligini shakllantirishda axborot-kutubxona muassasalarining roli” mavzusida “Betgerxonlik-2015” davra suhbati, “Axborot-kutubxona muassasasining eng yaxshi mutaxassisi-2015” tanlovi kabi kasbga oid tadbirlar bilan bir qatorda taqdimotlar,ijodiy uchrashuvlar, kitob-rasmli ko‘rgazmalar, mahorat darslari, umumta’lim maktablari o‘quvchilari uchun adabiy, kolledj va litsey o‘quvchilari uchun esa musiqiy viktorinalar tashkil etilgan”.
Mazkur haftalikning avvalgilaridan farqi haqidagi savollariga javob berar ekan, O‘zbekiston Milliy kutubxonasi direktori o‘rinbosari U.Teshabaeva unda axborot-kutubxona muassasalari mutaxassislari va boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun axborot madaniyatini va media savodxonligini shakllantirish bo‘yicha mahorat darslari, O‘zbekiston Milliy kutubxonasi musiqa fondida saqlanuvchi nodir gramplastinkalar ko‘rgazmasi, Fanlar Akademiyasi Asosiy kutubxonasining xorijiy adabiyotlar ko‘rgazmasi, kutubxona o‘qish zallarida esa «2015 yangi resurslari» bilan tanishish imkoniyati yaratilganini ta’kidladi. Haftalik davomida jamoat, yoshlar, xalqaro va ijtimoiy tashkilotlar taqdimotlari, xalq amaliy hunarmandchiligi yo‘nalishlari bo‘yicha treninglar va mahorat maktablari, shuningdek, O‘zbekiston Milliy kutubxonasi faoliyati bilan yaqindan tanishtiruvchi mavzuli ekskursiyalar tashkil etilgan.
OAV vakillariga “INFOLIB-2015” IV Milliy axborot- kutubxona haftaligi dasturi taqdim etildi.
“INFOLIB-2015” IV Milliy axborot- kutubxona haftaligi dasturi
9 noyabr
9:00 Ishtirokchilarni ro‘yxatga olish
10:00 – 11:00 O‘zbekiston Milliy simfonik orkestrining chiqishi
INFOLIB-2015 IV Axborot-kutubxona haftaligining tantanali ochilishi
11:00 – 14:00 Betgerxonlik – 2015. Foydalanuvchilarning axborot madaniyati va mediasavodxonligini shakllantirishda axborot-kutubxona muassasalarining o‘rni
14:00 – 15:30 Akdemik Aziz Qayumov va professor Dinara Azimovaning “Pyateritsa izumleniy” Alisher Navoiyning “Xamsat ul-mutaxayyiriyn”asari badiiy tarjimasining taqdimoti
16:00 – 17:30 San’atshunoslik fanlari nomzodi Nigora Karimovaning “Muqaddima” loyihasi taqdimoti
10 noyabr
10:00 – 16:30 “Axborot-kutubxona muassasasining eng yaxshi mutaxassisi” tanlovi (respublika bosqichi, 1-kun)
11:00 – 13:00 KADATA avtomatlashgan axborot-kutubxona tizimi bo‘yicha trening
17:00 – 18:30 O‘zbekiston davlat konservatoriyasi va O‘zbkistondagi Italiya elchixonasi musiqa kechasi
11 noyabry
10:00 – 14:00 “Axborot-kutubxona muassasasining eng yaxshi mutaxassisi” tanlovi (respublika bosqichi, 2-kun)
14:00 – 15:30 O‘zbekiston xalq shoiri Xurshid Davron bilan “Yurak, so‘yla abadiyatdan” nomli ijodiy uchrashuv
12:00 – 13:30 Toshkent shahri umumta’lim maktablari o‘quvchilari uchun “Adabiyot bilimdoni” adabiy viktorina
14:30 – 15:30 Toshkent shahri musiqa kollej va litseylari o‘quvchilari uchun “Musiqa bilimdoni” musiqiy viktorina
15:00 – 16:30 Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun axborot madaniyati va mediasavodxonlik bo‘yicha mahorat darsi
15:30 – 16:00 “Biz kitobni sevamiz!” mavzusida bolalar rasm tanlovi yakunlari (Rus madaniyat markazi bilan hamkorlikda)
16:00 – 17:00 “Barkamol avlod” Markazining musiqiy chiqishi
12 noyabr
10:00 – 11:00 AQShda ta’lim: AQSh oliy o‘quv yurtlarida ta’lim olish
10:00 – 11:00 Ingliz tili bilimlari bo‘yicha xalqaro IELTS testlari: amaliy tavsiyalar
11:00 – 12:00 Ingliz tilini o‘rganishda keng tarqalgan xatolar
11:00 – 12:30 Rassom Alisher Aliqulov bilan ijodiy uchrashuv
11:00 – 12:00 Buyuk Britaniyada ta’lim: oliy ta’lim muassasalari va ta’lim tizimi to‘g‘risida ma’lumot
12:00 – 13:00 Xat va insho yozish ko‘nikmalari bo‘yicha trening
14:00 – 15:00 Nemis tilini o‘rganish bo‘yicha amaliy tavsiyalar
15:00 – 16:00 Koreys tili bilimlarini aniqlash bo‘yicha xalqaro TOPIC testi va tanlov
15:00 – 16:30 “Jahon adabiyoti” jurnali jamoasi bilan ijodiy uchrashuv
16:00 – 17:30 Xalqaro musiqiy tanlovlar g‘oliblari Sardor Milano va Sabina Mustaevalar bilan ijodiy uchrashuv
13 noyabr
10:00 – 11:00 Xalq amaliy san’ati bo‘yicha seminar-trening
12:00 – 13:30 Badiiy o‘ymakorlik bo‘yicha mahorat darsi
14:00 – 15:30 Gilamdo‘zlik bo‘yicha mahorat darsi
14:00 – 15:30 O‘zbekiston xalq artisti Tesha Mo‘minov bilan “Yurak, so‘yla abadiyatdan” nomli ijodiy uchrashuv
14:00 – 15:30 Kashtachilik bo‘yicha mahorat darsi
14:00 – 16:00 Ozarbayjon yozuvchisi Yunus Oguzning “Malika va jodugar” romani taqdimoti
16:00 – 17:00 Milliy madaniy markazlar chiqishlari
17:00 – 17:30 Haftalik yopilishi
PARALLEL TADBIRLAR
- Kutubxonaning yangi a’zolarini ro‘yxatga olishda lotereya o‘tkazish.
- O‘zbekistondagi nashriyotlarning yangi adabiyotlari yarmarkasi.
- O‘zbekiston Milliy kutubxonasi kitob muzeyida kutubxonaning 145 yilligiga bag‘ishlangan ko‘rgazma.
- Fanlar Akademiyasi Asosiy kutubxonasining ko‘rgazmasi.
- «KINAL FASHION HOUSE» modalar uyining xon-atlasdan milliy kiyimlar ko‘rgazmasi.
- O‘zbekiston Milliy kutubxonasi musiqa fondida saqlanuvchi nodir gramplastinkalar ko‘rgazmasi.
- Kutubxona bo‘ylab mavzulashtirilgan ekskursiyalar.
- «Yangi resurslar – 2015» bilan tanishish imkoniyati.
- Hujjatli va badiiy filmlar namoyishi.
- O‘zbekiston Milliy kutubxonasi faoliyatini yorituvchi prezentatsiyalar va videolavhalar namoyishi.
- « Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida ko‘rsatilayotgan interaktiv davlat xizmatlari monitoringi
- O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “Betgerxonlik — 2015: Foydalanuvchilarning axborot madaniyati va mediasavodxonligini shakllantirishda axborot-kutubxona muassasalarining o‘rni” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi »