Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida ko‘rsatilayotgan interaktiv davlat xizmatlari monitoringi
08.11.2015
Rukn: Internet.
Muallif: Jurnal tahririyati.
Joriy yilning oktyabr oyida Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi tomonidan 145 ta davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarida, mahalliy davlat hokimiyati organlarida Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YIDXP) orqali ko‘rsatilayotgan interaktiv davlat xizmatlari monitoringi o‘tkazildi. O‘tkazilgan monitoring natijasida davlat organlari tomonidan YIDXP orqali taqdim etilayotgan 723 ta interaktiv davlat xizmatlari to‘laqonli amalga oshirilayotganligi, qolgan 29 ta interaktiv davlat xizmatlari to‘liq amalga oshirilmayotganligi aniqlandi.
Aniqlangan kamchiliklar bo‘yicha tegishli ma’lumotlar O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiga taqdim etildi.