Qiziqarli fAKTlar
05.11.2015
Rukn: Qiziqarli fAKTlar.
Muallif: Aleksandr Suchkov, Marufa Azizova.

AKT sohasida qiziqarli ma’lumotlarni hikoya qilishda davom etib, navbatdagi sahifamizni yaratilayotgan yangi texnologiyalar mavzusiga bag‘ishlaymiz.

Eshitishda nuqsonli muammolari mavjudlar uchun mobil texnologiyalar

Mobil qurilmalar va ularga ilovalarni «hayotni o‘zgartiruvchi moslama» deb atash — bu, albatta, biroz mubolag‘ali nomdir. Biroq eshitishda nuqsoni mavjud bo‘lgan 360 milliondan ortiq odamlarga smartfonlar bundan 5–10 yil ilgari tasavvur ham etib bo‘lmaydigan bebaho imkoniyatlarni taqdim etdi.

«Elektron, matnli va zumda uzatiladigan xabarlar alma­shinuvi hayotimizni ancha yengillashtirdi», — deydi Kaliforniya davlat universiteti, eshitishda nuqsoni mavjud bo‘lganlar bo‘limi professori, Don Grushkin. — Ko‘p holatlarda mobil texnologiyalari eshitishda nuqsoni mavjud bo‘lganlar hamjamiyati uchun juda foydali bo‘lib chiqdi, biroq boshqa tomondan, hozircha ular to‘laqonli kompyuter — shaxsiy kompyuter (SHK) yoki noutbuk beradigan imkoniyatlarga nisbatan ancha cheklangan».

akt_5_11_2015

Bugungi kunda smartfon, planshet va SHK hamda ularga ilo­valar eshitishda nuqsonli muammolari mavjud insonlarga barcha odamlar kabi: masalan, oziq-ovqatlarga buyurtma berish yoki taksi chaqirishga katta imkon yaratdi. Yangi texnologiyalar yordamida ular ham kinoteatrlarda subtitrli filmlarni tomosha qilishi, maxsus soft yordamida eshik yoki telefon qo‘ng‘irog‘ini eshitishlari mumkin. Favqulodda vaziyatlarda soft hatto tovushli xabar ham berishi mumkin. Tarmoqda ommaviy muloqot uchun ilovalar (masalan, Facetime va Skype) eshitishda va zaif eshitishda nuqsonli muammolari mavjudlar barcha odamlar kabi muloqot qilishlariga, ishoralar texnikasi va lab harakatini o‘qishga yordam beradi. «Inson nutqini anglash va ishoralarni o‘qishda, ayniqsa, yuz ifodasini va tana ishoralari tilini anglashda imkoniyatga ega bo‘lishda juda muhim, — deydi Amerika Eshitish qobiliyatini yo‘qotganlar asso­tsiatsiyasi (Hearing Loss Association of America) vakili Sintiya Kompton-Konli (Cynthia Compton-Conley) — Mobil telefonlari bizga shunday imkoniyatni taqdim etdi».

Instagram, Tout va Glide kabi ilovalar yordamida qisqa videoroliklarni yaratish — bu eshitmaydigan va so‘zlay olmaydiganlar uchun qisqa xabarlar almashinuvining yana bir qulay usulidir, ularni birovga jo‘natish yoki Internetda joylashtirish ham mumkin. Mobil texnologiyasining yana muhim ustunliklaridan biri subtitrlar berishdir, bu borgan sari keng tarqalib bormoqda, ta’kidlaydi, Eshitishda nuqsonlilar milliy uyushmasi xodimi — Zeynab Alkebsi (Zainab Alkebsi).

akt_5_11_2015_1

«Ilgari subtitrlarni berish faqat an’anaviy platformalardagina mumkin edi, biroq endi ular Netflix, Hulu va YouTube kabi xizmatlar evaziga mobil telefonlarida ham taqdim etiladi. Al­batta, bu matn mazmunini subtitrda berish zarurati bo‘lsagina amalga oshiriladi». Umuman olganda, bu yerda yaxshi tushuntirish muhiti mavjud, ya’ni avtomatlashtirilgan dasturlar oddiy yoki tu­shunarli matnlar sifatida berish funksiyalariga ega.

Transcense ilovasi hozir takomillashtirish bosqichida, u haqiqiy vaqt mobaynida, bir necha ishtirokchilar ishoralarini taniy oladi. Guruhiy dialog, ayniqsa, eshitmaydigan yoki zaif eshitadiganlar uchun qiyinchilik tug‘diradi, yolg‘iz insonlar suhbati ancha oson. Ishanmaning mohiyati shundaki, bir vaqtda bir necha mobil qurilmalaridagi dasturlar deyarli tarmoq mikrofonlariga aylanadi. U bir necha tovushlarni matn ko‘rinishida yozib boradi, har bir suhbat ishtirokchisi so‘zini alohida rangda ifodalaydi. Transcencega buyurtma berishni taxminan yiliga 360 dollar deb belgilaganlar va bu ishoralarni tushuntirib beruvchilarni yollashga nisbatan ancha arzondir. Ularning xizmati soatiga o‘rtacha 50dan 250 dollargachani tashkil etadi.

Joriy yil kuz fasli oxirida MotionSavvy ilovasi foydalanuvchi barmoqlarini kuzatuvchi va ishora tilini aniqlaydigan maxsus kameradan foydalaniladi. Shaxsiy kompyuter uchun dasturni saqlab olish mumkin (yiliga $99), yoki funksiyalari mavjud bo‘lgan maxsus Leap Motion planshetini sotib olish mumkin ($799 + $20 yiliga). MotionSavvy kamida 2000 ishorani taniy olishi mo‘ljallanmoqda, bunda foydalanuvchi o‘z ishoralarini ham qo‘shib borishi va boshqalar bilan o‘rtoqlashishi ham mumkin. Hozircha smartfon­larga softni o‘rnatish orqaga surilmoqda, aslida, Leap Motion uchun yanada kuchli «temir» talab etiladi. «Mobil qurilmalari eshitishda nuqsonlilar uchun katta ta’sir ko‘rsatdi, — deydi tug‘ma eshitmaydigan yozuvchi Mishel Uestfoll (Michele Westfall). — Ular muloqot uslubini o‘zgartirdilar, buni butunlay yangi darajaga olib chiqdilar».

akt_5_11_2015_2

Biroq bu sohadagi yutuqlarga qaramay, Uestfoll MotionSavvy yoki Transcense kabi dasturlarga shubhalanib yondashadi. «Mazkur texnologiyalar ishlab chiqaruvchilar ta’kidlayotganlari kabi haqiqatdan ham hayotga mos deb o‘ylamayman. Aslida, dastur barmoq harakatlari va ishoralarini taniy olsa ham, har holda ular yuz ifodasi yoki tana harakatini hisobga olmaydi, aslida, bu ishoralar tili grammatikasi uchun juda muhim». Bunday nozik jihatlarning e’tiborga olinmasligi nutqning uzun va noaniq bo‘lishiga olib keladi. MotionSavvy loyihasi mualliflari o‘z saytlarida mazkur kamchiliklar ustida ishlashlarini va’da qilmoqdalar. Eshitishda nuqsonlilar uchun ham maxsus gadjetlar mavjud. Zamonaviy eshitish apparatlari Bluetooth yoki hatto alohida ma’lumotlar uzatish kanallari bo‘yicha to‘g‘ridan-to‘g‘ri smartfon hamda kompyuterlarga ulanishi mumkin, ReSound eshitish apparati televizorning orqa qismidagi uzatkichga mahkamlanib, tovushlar oqimini aks ettirishi mumkin. «Odatda, eshitish apparati bevosita tovush manbaiga yaqin turli shovqin, sun’iy aks-sado, fonli sharoitlarda ishlashga mo‘jallangan, — deydi Sintiya Kompton-Konli. — Suhbatni tinglash, telefon qo‘ng‘irog‘i yoki teleshouni quloq apparati yordamida eshitish barcha imkoni­yatlarni tubdan o‘zgartiradi».

Albatta, eshitishda nuqsonlilar uchun texnologiya vaziyatni ancha yengillatdi, biroq yana ko‘p ishlarni amalga oshirish zarur. Loyiha mualliflarining eshitish va zaif eshitish muammolari mavjud emas, shuning uchun ham unutmasliklari kerakki, shunday muammolari bo‘lgan millionlab odamlarga standart tizimlarning muqobillari juda ham zarur. Mishel Uestfol eshitishda nuqsonlilarga albatta yordam qo‘lini cho‘zib, texnologiya va qurilmalarni yaratish, ishlanmadagi tovushli yoki ko‘rish lozim bo‘lgan yondashuvlarni darhol vizual turlari va muqobillari bilan almashtirish zarur deb hisoblaydi.

Elektromobillarni harakat davrida quvvatlaydigan simsiz texnologiyaning ustunligi

Elektromobillarning ikki asosiy kamchiligi mavjud — bir marta quvvat olishda bosib o‘tiladigan masofaning qisqaligi hamda quvvatlovchi infrastrukturaning mavjud emasligidir. Birinchi muammoni jahondagi yetuk olimlar hal etishga intilmoqdalar, ikkinchi muammo esa shaharsozlar uchun boshqotirmadir. Biroq Buyuk Britaniyalik dasturchilar mazkur muammolarning eng yaxshi yechimini taklif etmoq­dalar — bu Dynamic Wireless Power Transfer (DWPT) tizimi bo‘lib, avtomobillarni yo‘llarning o‘zidayoq elektr quvvati bilan ta’minlay oladi.

akt_5_11_2015_3

Shunisi muhimki, bunda gap konsept haqida emas, balki pilot loyihasi ustida bormoqda, uning joriy etilishi Buyuk Britaniyaning xususiy yo‘llarida joriy yilda amalga oshiriladi. Sinovning dastlabki bosqichi yarim yil davom etadi. Agar hammasi muvaffaqiyatli o‘tsa, unda yirik avtomagistrallardagi DWPT asta to‘xtatiladi. Test davri­ning muvaffaqiyatli o‘tishi va yakunlanishiga nafaqat mazkur g‘oya yaratuvchilari katta e’tibor qaratmoqda, balki bu texnologiyaga mamlakat yo‘llaridan foydalanish, uni ta’mirlash, shuningdek, transport infrastrukturasining yaxshilanishiga mas’ul bo‘lgan Highways England tashkiloti ham qiziqmoqda. Aynan uning xodimlari Dynamic Wireless Power Transfer loyihasining amaliy joriy etilishi­ning asosiy tashabbuskorlari sifatida chiqdilar.

DWPT tizimi asoslangan texnologiya elektromobillarga milliy energiya tarmoqlaridan simsiz elektr energiyani uzatishni ta’min­laydi, bu loyihaning innovatsionligi shundaki, quvvat uzatish avtomobil harakati mobaynida sodir bo‘ladi.

Mazkur tizimning oddiy quvvat manbai bo‘lgan stansiyalarga solishtirilgandagi ustunligi quyidagilardan iborat: statsionar quvvat mashina garajda bo‘ladimi yoki ommaviy shahar maydonida bo‘lishidan qat’iy nazar, uzun navbatni kutish talab etiladi — akkumulyatorning to‘liq quvvatlanishi bir necha soatni talab etishi mumkin. Bundan tashqari, odatiy usulda quvvat olishda avtomobillarning quvvat olgandan keyingi bosib o‘tadigan masofasi hozircha katta emas edi: Smart bilan 100 km va bozorda yetakchilikni egallab kelayotgan Tesla Model S85D esa deyarli 430 km.ni tashkil etardi. Shuningdek, unutmaslik kerakki, quvvat stansiyalar hatto eng zamonaviy mamlakatlarda ham hamma joyda uchramaydi. Agar yo‘nalishda qulay quvvat olish moslamalari bo‘lmasa, bu hol evakuatorni chaqirish bilan tugashi aniq.

akt_5_11_2015_4

Buyuk Britaniya avtotrassalarining har 30 km oraliq masofa­larida quvvat beruvchi stansiyalar o‘rnatish rejalashtirilgan. Biroq mazkur g‘oyani amalga oshirishga hali juda uzoq, sababi haydovchilar uchun quvvat stansiyalari DWPTdan ko‘ra ancha noqulayroq. Yangi tizim bir qator, ayniqsa, iqtisodiy ustunliklarga ega. 

«Elektromobillarni harakat chog‘ida quvvatlanishi imkoniyati ajoyib istiqbolli yo‘llarni ochadi, — deydi Buyuk Britaniya transport vaziri Endryu Jons (Andrew Jones). — Hozirning o‘zidayoq hukumat shu maqsad uchun yaqin besh yilga 500 million funt sterling ajratdi, Buyuk Britaniya birinchilardan bo‘lib mazkur texnologiyani joriy etishi qo‘shimcha ish o‘rinlari sonini oshiradi hamda transport sektori rivojini ta’minlaydi».

Highways England korxonasi yo‘l bo‘yicha bosh muhandisi Mayk Uilson (Mike Wilson) ham loyihaning ishga tushirilishiga katta qiziqish bilan qarayotganlardan biridir. U bu borada fikr yuritib: «Energiyani simsiz uzatish texnologiyasi bo‘yicha o‘tkazilayotgan sinovlar Buyuk Britaniya yo‘l tarmoqlariga moslashish imkonini beradi, butun mamlakat bo‘ylab yuk tashishda ham energiya samarali texnologiyalar yangi imkoniyatlarni ochadi», — deydi Mayk Uilson.

akt_5_11_2015_5

Loyiha ishga tushishidagi asosiy qiyinchilik yo‘l qoplamasi ostidagi mustahkamlikni tekshirish uskunasi bo‘lishi mumkin. Simsiz quvvat olish texnologiyasining o‘tkazish qobiliyatini haqiqiy sharoitlarda, jumladan, muntazam harakatli, yomg‘irli, qorli va umuman, barcha sharoitli yo‘llarda tekshirish zarur. Sinovning muvaffaqiyatli o‘tkazilganligi haqida faqat qandaydir kompaniya tomo­nidan loyihani amalga oshirishga buyurtma tushgan taqdirdagina, jamoatchilikka xabar beriladi. Rejalashtirilgan loyiha yo‘lida mu­ammolar paydo bo‘lishi aniq, biroq uning muhim ahamiyatga egali­gini e’tiborga olib, mazkur jarayonning amalga oshirilishida sabr-toqat talab etadi.

Manba: iq.intel.ru onlayn jurnali materiallari.

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq