Smart-qo‘lqopi ishoralar tilini o‘rganishga yordam beradi
04.11.2015
Rukn: Texnologiya.
Muallif: .

smart_4_11_2015

London universiteti talabasi Xadil Ayob (Hadeel Ayoub) ishoralarni oddiy nutqqa aylantiruvchi ajoyib smart-qo‘lqopini ishlab chiqdi. Ko‘pchilik qo‘l va barmoq harakatlari bilan muloqot qilayotgan eshitish va nutqida muammosi bo‘lgan insonlarni uchratgan bo‘lsa kerak. Biroq hamma ham (ayniqsa, sog‘lom odamlar) bu ishoralar mazmunini tushunmaydi.

Taqdim etilayotgan qurilma oddiy qo‘lqop ko‘rinishiga ega bo‘lib, ishoralarni displeyda tushunarli matnga aylantiradi yoki ovozli tarzda ifodalaydi. SignLanguageGlove qo‘lqopi prototip rivojining uch bosqichini bosib o‘tishga ulgurdi. Tizimning birinchi versiyasiga datchiklar, mikrokontrollerli platasi va to‘rt belgili raqamli displey kiritilgandi. Beshta egiluvchan sensori qo‘lqopga ulanib, besh barmoq traektoriyasini kuzatish imkonini beradi. Ikkinchi prototipga kichik dasturiy ta’minot, uchinchi versiyasiga esa matnni ovozli nutqqa aylantiradigan chip kiritilgan.

smart_4_11_2015_1

Hozirgi vaqtda ixtirochi Wi-Fi bo‘yicha qo‘lqop va mobil qurilmasi o‘rtasida aloqa o‘rnatish imkoniga ega smartfonlar uchun ilovali qurilma versiyasi ustida ishlamoqda. Rejalarda — haqiqiy vaqt rejimida bir necha tilga tarjima qilish funksiyasiga ega, shuningdek, bolalar uchun kichraytirilgan versiyasi ishlab chiqilmoqda.

Manba: www.cnet.com

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq