Sharp RoboHon robot-smartfoni CEATEC 2015da taqdim etildi
04.11.2015
Rukn: Texnologiya.
Muallif: .

sharp_4_11_2015

Sharp kompaniyasi qiziqarli smartfonni ishlab chiqdi, u robot shaklida ishlab chiqilgan. RoboHon deb nomlangan yangilik 19,5 sm balandlik va 2 duymli displeyga ega. Shuningdek, robot-telefonga 8-Mp kamerasi va proyektor, uning «yuzi» kiritilgan.

sharp_4_11_2015_1

RoboHon nafaqat robot shakliga, balki haqiqatda ham harakatlana oladigan, raqsga tushadigan, ya’ni odatda robotlarda mavjud bo‘lgan ko‘pgina xususiyatlarga ega. U odamlarni ovozi va yuziga ko‘ra taniy oladi. RoboHon egasini telefon qo‘ng‘irog‘i yoki SMS-xabar haqida xabardor qiladi, shuningdek, suratga olayotganda, tabassum qilib turishni taklif etadi.

Robot o‘zining ixcham hajmi (uni osongina sumkaga yoki hatto cho‘ntakka solib, joylashtirish mumkin), shuningdek, 390 gramm og‘irligi bilan qiziqarlidir. Ko‘ngilochar funksiyasidan tashqari, RoboHondan to‘laqonli sensor ekranli smartfon sifatida foydalanish mumkin. Kiritilgan loyiha 1280 х 720 pikselgacha razresheniyeli tasvir va videoni olish imkoniyatiga ega. Texnik ko‘rsatkichlari qatoriga 1,2 GGts takt chastotali, 3G, LTE, 802.11a/b/g/n.ni qo‘llab-quvvatlovchi Qualcomm Snapdragon 400 MSM8926 protsessori mavjudligini ta’kidlash mumkin.

sharp_4_11_2015_2

Yangilik CEATEC 2015 ko‘rgazmasida taqdim etilmoqda. Mazkur Sharp eksponati sun’iy intellekt sohasida o‘z imkoniyatlarini namoyish etadi.

Manba: www.robohon.com

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq