Nokia 1100 — jahonda eng ko‘p sotiladigan telefon
04.11.2015
Rukn: Mobil aloqa.
Muallif: .

nokia_4_11_2015

Qaysi mobil telefoni jahonda eng ko‘p sotiladigan telefon hisoblanadi deb o‘ylaysiz? Apple iPhone 6 71,5 mln. nusxada ishlab chiqilib, bozorda uch oy mobaynida sotilganini bilasizmi? Phone Arena resursi ma’lumotlariga muvofiq, mazkur rekord qo‘ygan qurilmaning 250 million donasi zamonaviy raqamli elektronika bozorida besh yil mobaynida sotildi. Gap, 2003-yilda ishlab chiqilib, 2009-yilda sahnadan tushgan oddiy Nokia 1100 «trubkasi» ustida bormoqda. Bundan tashqari, aynan, o‘sha vaqtda, mazkur model o‘z tarixida Nokia telefonining milliardinchisini sotgandi.

Nokia 1100 hozirgi vaqtda eng zamonaviy smartfonlarda ko‘rish odatga aylangan — ko‘p yadroli protsessor, ikki kamerali yoki Full HD va undan ortiq razresheniyeli displeyga ega bo‘lmagan. Biroq u monoxromli 96 x 65 nuqtalarni aks ettiruvchi to‘rt satrli ekran, kiritilgan fonarchasi, almashtiriladigan panellari bilan qoplangan silliq bo‘lmagan korpus, changdan himoyalovchi klaviatura va o‘rnatilgan «Varrak» o‘yiniga ega. Qurilmaning xotirasi hajmi 50ta muloqot va shuncha (25ta kiruvchi va 25ta jo‘natilgan) xabarni saqlash imkoniyatiga ega. 850 mAch akkumulyator sig‘imi bilan kutish rejimida 400 soat va so‘zlashuv rejimida 4,5 soat ishlaydi. Eng asosiysi Nokia 1100 bor-yo‘g‘i $100 turardi — 2003-yilda bu narx mobil telefon uchun juda yaxshi narx edi.

Manba: www.phonearena.com

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq