Mitsubishi EMIRAI 3 xDAS avtomobili konseptini taqdim etdi
04.11.2015
Rukn: Texnologiya.
Muallif: Jurnal tahririyati.
Mitsubishi Electric Corporation kompaniyasi eX Concept konseptual vnedorojnigidan tashqari, 44-Tokiyo avtosaloni doirasida keyingi avlod haydovchilariga yordam berish imkoniga ega ilg‘or tizimi bilan EMIRAI 3 xDAS avtomobili prototipini taqdim etdi. Yangilik Tokyo Motor Show 2013da namoyish etilgan EMIRAI 2 xDAS asosida loyihalashtirilgan.
Asboblar panelida suyuq kristalli displey va markaziy konsoli maxsus plyonka bilan laminatsiyalangan bo‘lib, ular yomon yoritilgan sharoitlarda displeydagi tasvir ko‘rinishi darajasini oshiradi va jozibadorlik hissini yaratadi. Shuningdek, ekran atrofidagi ramkasi kichraytirilgan.
Avtomobillarda mavjud bo‘lgan barcha uskunalarni yo‘ldan ko‘z uzmay turib, boshqarish mumkin. Oddiy ishoralar yordamida mashinadagi havo haroratini va shovqin darajasini ham boshqarish mumkin. Avtomobil old oynasida, oldindagi 10 metr masofagacha yo‘l obyektlari hajmli tarzda aks ettiriladigan rejimni qo‘llab-quvvatlaydigan tizimi mavjud bo‘lib, u kutilmagan to‘siqlarning o‘z vaqtida oldini oladi.
Harakat jarayonida haydovchi holatini nazorat qilishga alohida e’tibor qaratiladi. Kamerasi kontaktsiz kardiograf bilan birgalikda bo‘lib, agar to‘satdan haydovchi o‘zini yomon his qilib qolsa, avtomobilni xavfsiz to‘xtatishga imkon beradi. «Aqlli» tizim haydovchining nazar tashlashiga muvofiq ravishda amal qiladi. Maxsus bulutli ilovalar haydovchining jismoniy holatini kuzatadi va joriy ko‘rsatkichlarni ilgari yozib borilgan o‘rtacha ko‘rsatkich bilan qiyosiy tahlil qilib chiqadi. Agar charchash qayd etilsa, tizim to‘xtab, dam olishni qat’iy talab etadi. Bundan tashqari, ma’lumotlar kartasining tahlilidan ham foydalaniladi, u masalan, ko‘rinish yomon bo‘lgan chorrahalarda yo‘lni aniqlashga yordam beradi.
Manba: www.mitsubishicars.com