JXD Singularity S192: NVIDIA Tegra K1 platformasidagi o‘yin plansheti
04.11.2015
Rukn: Texnologiya, Yangiliklar.
Muallif: .

JXD kompaniyasi o‘yin ishqibozlari uchun mo‘ljallangan Singularity S192 plansheti haqida ma’lumot berdi. Yaqin vaqt ichida yangilik sotuvga chiqariladi.

jxd_4_11_2015

Qurilmaga NVIDIA Tegra K1 protsessori qo‘yilgan. Konfiguratsiyasiga 2,3 GGtsgacha taktli chastotali, to‘rtta 32 bit yadroli hisoblash ARM Cortex A15 chiplari, Kepler arxitekturasida DirectX 11 va OpenGL 4.4 interfeysli dastur bilan qo‘llab-quvvatlanadigan qo‘shimcha past voltli yadro va 192 yadroli grafik tezlatkich kiritilgan.

jxd_4_11_2015_1

Planshet 1920 x 1200 nuqta razresheniyeli va 323 ppi pikselli zichlikka ega bo‘lgan 7 duymli displey bilan jihozlangan. Ekranning chap va o‘ng tomonida ushlashga va o‘yinda boshqaruv uchun qulay dastagi joylashgan. Gadjet bortida 2 Gbayt operativ xotirasi mavjud. Stereofonik dinamikasi, Wi-Fi 802.11ac va Bluetooth 4.0 simsiz aloqa adapterlari, 13 megapiksel matritsali orqa kamerasiga ega, shuningdek, frontal 5 megapikselli kamerasi mavjud. Operatsion tizimi — Android. Quvvat bilan 10 000 mAch sig‘imli akkumulyator batareyasi ta’minlaydi. Manbadan bir marta zaryad olib, avtonom ishlash vaqti o‘yin rejimida 6 soatgachani tashkil etadi. Yangilikninig narxi taxminan 300 AQSH dollari deb belgilangan.

Manba: www.liliputing.com

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq