Brother PocketJet 7: ultraixcham A4 formatidagi printer
04.11.2015
Rukn: Texnologiya, Yangiliklar.
Muallif: .

Brother kompaniyasi dala sharoitida va safar yo‘li sharoitida, shuningdek, shaxsiy kompyuter va rozetkadan uzoq bo‘lganda foydalanish uchun PocketJet 7 mobil printerini taqdim etdi.

brother_4_11_2015

Qurilmada issiq bosma usulidan foydalaniladi. Quvvat manbai sifatida litiy-ionli akkumulyator batareyasidan foydalaniladi, bundan tashqari, oddiy elektr tarmog‘iga va avtomobillar bortidagi tarmoqqa ulanish mumkin. Printer 215,9 mm kenglikdagi qog‘oz bilan ishlashga imkon beradi: shu tariqa, A4 (210 mm) formatidagi standart varaqlardan foydalanish mumkin. Bosish tezligi bir daqiqada 8 bet. Razresheniyesi modifikatsiyasiga bog‘liq bo‘lib, 203 x 200 yoki 300 x 300 dpini tashkil etadi.

brother_4_11_2015_1

Yangilik 251 x 55 x 30 mm. o‘lchamga ega. Brother PocketJet 7 modifikatsiyasini taqdim etadi, faqat USB 2.0 porti bilan jihozlangan, shuningdek, USB 2.0 porti hamda Bluetootn 2.1 simsiz aloqa adapteri yoki Wi-Fi 802.11b/g/n versiyalari mavjud bo‘ladi. Printerdan shaxsiy kompyuterlar orqali, shuningdek, Android, iOS va Windows operatsion tizim bilan boshqariladigan mobil gadjetlar yordamida foydalanish mumkin. Yangilik narxi ma’lum qilinmagan

Manba: www.businesswire.com

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq