Bloomberg TV da O‘zbekistonning investitsion salohiyati haqidagi rolik namoyish qilinmoqda
04.11.2015
Rukn: Internet.
Muallif: .

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan mamlakatda xususiy sektorning iqtisodiyotdagi ulushi va ahamiyatini oshirish dasturi izchillik bilan amalga oshirilmoqda, davlat aktivlari ishlab chiqarishni modernizatsiyalash va texnologik yangilash, ichki va tashki bozorda raqobatlasha oladigan mahsulot ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish, korporativ boshqaruvning zamonaviy usullari va menejmentning ilg‘or usullarini joriy qila oladigan strategik horijiy investorlarga sotilmoqda.

O‘zbekistonning investitsion va iqtisodiy salohiyati, shuningdek, bir ulushi chet ellik investorlarga taklif qilinayotgan obyektlar va korxonalar haqidagi xabardorlikni oshirish maqsadida joriy yilning 5-6 noyabr kunlari Toshkent shahrida moliya institutlarining chet ellik vakillari, Koreya, Yaponiya, Germaniya, AQSH, Xitoy, Buyuk Britaniya, Shveysariya, Singapur va boshqa davlatlarning yetakchi kompaniyalari ishtirokida Xalqaro investitsiya forumi o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Bo‘lajak Forumga tayyorgarlik doirasida O‘zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo‘mitasi ko‘magida O‘zbekistonning investitsion va iqtisodiy salohiyati hamda bir ulushi chet ellik investorlarga taklif qilinayotgan obyektlar va korxonalar haqida reklama roliki tayyorlandi.

Shu yilning 1-noyabridan boshlab ushbu rolik Bloomberg TV xalqaro telekanalida namoyish qilinmoqda. O‘zbekiston Respublikasining investitsion va iqtisodiy salohiyatiga bag‘ishlangan reklama roliki kuniga 3 martta efirga chiqadi. Ushbu rolik Bloomberg TV telekanalida 15-noyabrgacha namoyish qilinadi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq