Apple va Google — avvalgidek jahondagi eng qimmatbaho ikki brenddir
04.11.2015
Rukn: Internet.
Muallif: .

apple_4_11_2015

Interbrand xalqaro konsalting guruhi jahondagi eng qimmatbaho brendlar reytingini e’lon qildi. Apple va Google yirik texnologik kompaniyalari yana uning yetakchilari bo‘ldilar. Apple va Google brendlari qatorasiga uch yildam buyon Interbrand reytingida muvofiq tarzda birinchi va ikkinchi o‘rinni egallamoqdalar. Bunga ular nafaqat o‘sib borayotgan bozor narxi, balki chiqarilayotgan mahsulotlarining ommalashuvi sababli erishmoqdalar. Apple brendining bahosi $170 mlrd, Google esa — $120 mlrd.dan iborat.

Dastlabki reytingga 28ta texnologik kompaniya, jumladan, Microsoft (№4), IBM (№5), Samsung (№7), Amazon (№10), Intel (№14), Cisco (№15), Oracle (№16), HP (№18), Facebook (№23), eBay (№32), PayPal (№97) va Lenovo (№100) kiritilgan. Bu xalqaro iqtisodiyotda texnologiyalarning muhimligini yana bir bor tasdiqlaydi — birorta ham soha brendlar reytingida bunchalik katta miqyosga ega bo‘lgan emas.

Facebook ijtimoiy tarmog‘i yana barcha kompaniyalar orasida o‘sish ko‘rsatkichiga ega bo‘ldi va bozordagi narxi 54 foizga o‘zgarishi evaziga reytingda o‘tgan yildagi 29-o‘rindan 23-o‘ringa chiqdi. 2013-yilda Facebook Interbrand reytingida 52-o‘rinda edi. Shuni ta’kidlash kerakki, reytingda birinchi marta PayPal to‘lov tizimi va elektronikalarining ishlab chiqaruvchi Lenovo Interbrand ro‘yxatida o‘tgan yili shu o‘rinni egallagan Huaweidan keyin ikkinchi xitoy brendiga aylandi. Nokia va Nintendo kompaniyalari Pizza Hut, Gap va Duracell kabi eng qimmatbaho brendlar qatoridan chiqdi.

Interbrand o‘n olti yildan buyon Best Global Brands ro‘yxatini e’lon qiladi. Eng yaxshilar uch usulda aniqlanadi: mazkur brend ostida mahsulot savdosi yoki ko‘rsatilgan xizmatlar orqali kompaniyaning moliyaviy natijalari, mahsulotni sotib olish yoki servisga murojaat etishga qaror qabul qilishida brendning roli hamda istiqboldagi daromadlari uchun brendning rivoji hisobga olinadi. Aytgandek, brendning xalqaro miqyosda tan olinishi — u xalqaro bozorda mavjudligi, kamida uch mintaqa barcha savdo hajmining uchdan bir qismi bo‘lishi muhim hisoblanadi. Aynan shu sababli Alibaba, e’tiborli bozor narxiga ega bo‘lishiga qaramay, Best Global Brands 2015 ro‘yxatiga kiritilmadi.

Manba: www.interbrand.com

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq