Adidas 3D-bosma texnologiyasidan foydalanib, buyurtma asosida poyafzal tayorlashni rejalashtirgan
04.11.2015
Rukn: Texnologiya.
Muallif: .

adidas_4_11_2015

Sport anjomlari, asboblari va jihozlari, kiyimlari kabi mahsulotlarni taqdim etuvchi taniqli jahon ishlab chiqaruvchisi bo‘lgan Adidas kompaniyasi bugungi kundalik taraqqiyot odimlaridan ham ortda qolmoqchi emas, shuning uchun ham uch o‘lchamli bosma texnologiyalardan foydalanishni maqsad qilgan. Boshqa kompaniyalar qatorida Adidas ham firma kiyimlarini tayyorlashda 3D-printer qurilmalaridan foydalanadi deb, kim o‘ylabdi dersiz.

adidas_4_11_2015_1

Adidas tomonidan e’lon qilingan press-relizga muvofiq, yuksak texnologik poyafzalni yaratishda sportchilar tovonining individual o‘ziga xos xususiyatlari e’tiborga olinadi. Aynan 3D-printeri buyurtmachining fiziologik xususiyatlarini katta aniqlikda belgilab beradigan qurilmadir.

3D-printerida bosib chiqarilgan Adidas Futurecraft 3D-krossovkasining namoyish etilgan promo-videosi nafaqat innovatsion poyafzal yaratilishi, balki mayda seriyali ishlab chiqarish sanoatining yangi davrini boshlab berdi. Mazkur texnologiyaning ommaviylashuvi Adidas marketing siyosatini rivojlantiradi, bu esa Materialise firmasi bilan hamkorlikda tajriba sifatida bir necha savdo nuqtalarida zarur uch o‘lchamli uskunalar o‘rnatilib, ish yuritishda yaxshi yordam beradi.

adidas_4_11_2015_2

Adidas do‘koniga tashrif buyurgan Futurecraft 3D krossovkasi xaridorlarining tovonini modellashtirish uchun uni yugurish yo‘lakchasi qurilmasiga yo‘naltirib, olingan tovon suratlaridan karbonli iz nusxalari tayyorlanadi va tovon o‘lchamlari, anatomik xususiyatlariga muvofiq poyafzalning tag qismi tayyorlanadi.

To‘g‘ri, agar Adidas Futurecraft 3Dni sotib olishga birinchilar qatorida o‘z budjetingizdan mablag‘ ajratmoqchi bo‘lsangiz, afsuski, noma’lum vaqt mobaynida kutishingiz kerak bo‘ladi. Hozirgi vaqtda mazkur loyiha Adidas kompaniyasi oldiga qo‘ygan katta «Futurecraft series» dasturining bir qismi hisoblanadi, u shunchaki konsepsiyadan iborat, uning vazifalari sport kiyimlari ishlab chiqarish uchun ilg‘or texnologiyalarni moslashtirishdir. Shunday bo‘lsa ham, Adidas rahbariyati mazkur tashabbusni amalga oshirishga intilmoqda, shu sababli yaqin yillar mobaynida 3D-bosma uchun qurilmalarga ega Adidas do‘konlari paydo bo‘lishini kutish mumkin.

Manba: www.engadget.com

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq