Elektron hisobot: to‘ldirish va taqdim etish amaliyoti
01.11.2015
Rukn: Коnferensiyalar, seminarlar va taqdimotlar.
Muallif: .

el_1_11_2015

O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan «EREPORT» loyihasi mutaxassislari bilan hamkorlikda korxona va tashkilotlar rahbarlari hamda buxgalterlari uchun «Elektron hisobot bilan bog‘liq dolzarb masalalar» mavzusiga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi.

Soliq va statistika hisobotlari shakllariga o‘zgartirishlar kiritilib turishi munosabati bilan ishtirokchilar ushbu seminarning o‘z vaqtida tashkil etilganligini va kun tartibiga ularni amaliyotga tatbiq etish bilan bog‘liq dolzarb masalalar kiritilganligini ta’kidlab o‘tdilar.

el_1_11_2015_1

Mutaxassislar seminar davomida jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i hisob-kitobi shakli – Hisoblangan va amalda to‘langan daromadlar summalari hamda jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ining ushlab qolingan summalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar va uning ilovalarini, shuningdek qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha shakllarni, xususan sotib olingan va realizatsiya qilingan tovarlar (ishlar, xizmatlar) bo‘yicha Hisobvaraq-fakturalar reyestrlarini (hisobvaraq-fakturalar o‘rnini bosuvchi hujjatlarni) to‘ldirish yuzasidan ko‘plab savollarga javob berdilar.

Tadbirda shuningdek, Yagona ijtimoiy to‘lov va fuqarolarning byudjetdan tashqari pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badallari bo‘yicha soliq hisoboti shakllariga joriy yilda kiritilgan yangi shakl – Yagona ijtimoiy to‘lov va fuqarolarning byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badallari hisob-kitobining «Har bir jismoniy shaxs kesimida byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga hisoblangan fuqarolarning sug‘urta badallari summalari to‘g‘risida ma’lumot» deb nomlangan 4-ilovasi bo‘yicha yuzaga kelgan savollar ham ko‘rib chiqildi. Ushbu shaklni ishlab chiquvchilar 2016 yilning I choragidan boshlab 4-ilovaning Respublikamizning barcha hududida joriy etilishini e’tiborga olgan holda, ushbu shakl amaliyotga kiritilgan Toshkent shahri va Toshkent viloyatida yashovchi soliq to‘lovchilar tomonidan uni to‘ldirish va jo‘natishda qanday savollar yuzaga kelayotganligini bilish va o‘rganish ular uchun foydali bo‘lganligini ta’kidlab o‘tdilar.

el_1_11_2015_2

Shu kuni O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi mutaxassislari seminar ishtirokchilariga statistika hisoboti shakllariga qanday o‘zgartirishlar kiritilayotganligi yuzasidan tushuntirish berib, statistika hisobotini elektron shaklda taqdim etish bilan bog‘liq savollarga javob berdilar.

el_1_11_2015_3

Seminar davomida SHJBPH so‘rovnomalari va reyestrlarini Xalq bankiga elektron shaklda to‘ldirib topshirish bilan bog‘liq masalalar ham atroflicha muhokama etildi.

Ta’kidlanganidek, elektron hisobotni «EREPORT» dasturi yordamida to‘g‘ri to‘ldirish, jo‘natish qulay va oson. Chunki dasturda soliqlar bilan bog‘liq yangiliklar hamda qonunchilik yuzasidan tushuntirishlarni o‘z vaqtida olish, tadbirkorlik subyektlarida biznes yuritish jarayonida yuzaga keladigan ko‘plab savollarga tezkor javob olish imkoniyatlari mavjud.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq