«O‘zbektelekom» AK ishlab chiqarish korxonalari Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsion birjasida ishtirok etmoqda
30.10.2015
Rukn: Sharh va fikr-mulohazalar.
Muallif: Jurnal tahririyati.
26-oktabrdan 2-noyabrga qadar «O‘zekspomarkaz» ko‘rgazma maydonlarida IX Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsion birja (XSYAKB) o‘tkazilmoqda. Yarmarkada «O‘zbektelekom» AK bilan hamkorlikda yaratilgan quyidagi: «Telecom Innovation» QK, «Olive Telecom» QK va «Telmax Electronics» MCHJ IIK, shuningdek, ikkita yangi qo‘shma korxona: «BROADBAND SOLUTIONS» MCHJ IIK va «ZTT TELEKOM» MCHJ IIK ishlab chiqarish korxonalarining stendlarini taqdim etib, «O‘zbektelekom» AK faol ishtirok etmoqda.
«BROADBAND SOLUTIONS» MCHJ QK quyidagilarni ishlab chiqaradi:
— optik tarmoqlarda foydalanuvchilari kommutatsiyasi uchun stansion qurilmalar (OLT va MXU);
— optik tarmoqlarda foydalanish uchun abonent terminal qurilmalari (ONT).
«ZTT TELEKOM» MCHJ QK quyidagilarni ishlab chiqaradi:
— montaj uchun ishlatiladigan optik tarmoqlarni qurish uchun ulanadigan turli konnektorli (pigteyllar, patchkordlar) optik-tolali kabel materiali;
— turli sig‘imdagi optik tarmoqlarni qurish uchun optik-tolali kabellarni tashqi telekommunikatsion taqsimlovchi shkaflar.
«BROADBAND SOLUTIONS» va «ZTT TELEKOM» MCHJ QK Jizzax viloyati Adliya boshqarmasi tomonidan va «Jizzax» EIH Direksiyasida «Jizzax» EIH ishtirokchisi sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilgan.
«Telecom Innovation» QK «Navoiy» EIIHda joylashgan, «O‘zbektelekom» AK abonentlari va ATS uchun ADSL-modemlari hamda DLSLAM-qurilmalarini ishlab chiqaradi.
«Olive Telecom» QK – «O‘zbektelekom» AK UZMOBILE filiali abonentlari uchun CDMA 450 standartidagi mobil telefonlari, shuningdek, IPTV uchun televizion pristavkalari va planshetlar ishlab chiqaruvchi korxonadir.
«Telmax Electronics» MCHJ SK aloqa tizimlari va telekommunikatsiyalarda foydalannish uchun mo‘ljallangan chuqur ilmiy loyiha, konstruktorlik va elektron-texnik mahsulotlar, shuningdek, xalq xo‘jaligi tarmoqlari, jumladan, axborot tizimlari uchun ishlab-chiqarish-texnik mahsulotlar ustida ishlash, ularni loyihalashtirish, ishlab chiqishga ixtisoslashgan.
Mazkur korxonalar mahsulotlaridan «O‘zbektelekom» AK telekommunikatsiya tarmoqlari va abonentlari tomonidan keng foydalaniladi.
O‘tgan yillardagi kabi sanoat kooperatsiyasi doirasida hamkorlik bo‘yicha takliflar taqdim etish va tajriba almashish maqsadida tarmoqlar hamda O‘zbekiston Respublikasi ko‘plab sanoat korxonalari tomonidan texnik salohiyat hamda texnologik imkoniyatlar bo‘yicha taqdimotlar o‘tkazildi.