«Data.gov.uz»da — «.UZ» domenida joylashgan veb-saytlarda aniqlangan axborot xavfsizligi hodisalari statistikasi
30.10.2015
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

O‘zbekiston Respublikasi Ochiq ma’lumotlar portalida «.UZ»domenida joylashgan veb-saytlarda aniqlangan axborot xavfsizligi hodisalaristatistikasi” ma’lumotlar to‘plami e’lon qilindi.

data_30_10_2015

Ma’lumotlar to‘plamining egasi Axborot xavfsizligini ta’minlash markazi davlat muassasasidir. «.UZ» domenida joylashgan veb-saytlarda aniqlangan axborot xavfsizligi hodisalari statistikasi” ma’lumotlar to‘plamida 2014-yilda «.UZ» domenida joylashgan yuridik va jismoniy shahslarga tegishli bo‘lgan veb-saytlarda aniqlangan axborot xavfsizligi hodisalarining statistik ma’lumotlari keltirilgan.

Eslatib o‘tamiz, Axborot xavfsizligini ta’minlash markazi kompyuter hodisalari bo‘yicha axborotni yig‘ish va tahlil qilish, axborot xavfsizligini ta’minlashga texnik va konsultativ yordam berish bo‘yicha O‘zbekistonda yagona davlat muassasasi hisoblanadi. Markaz faoliyatining asosiy maqsadi, iqtisodiyotning barcha tarmoqlari va sohalarida axborotni muhofaza qilishning zamonaviy vositalari va metodlarini yanada rivojlantirish va keng joriy qilishni ta’minlash, shuningdek, Internet milliy foydalanuvchilarini hamda davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarini axborot xavfsizligiga tahdidlar to‘g‘risida ogohlantirishdir.

U O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 16-sentyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi huzurida “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazi hamda Axborot xavfsizligini ta’minlash markazi faoliyatini tashkil qilish chora-tadbirlar to‘g‘risidagi” 250-sonli qaroriga asosan tuzilgan.

data_30_10_2015_1

Markazning bir qator vazifalari ichiga “Elektron hukumat” tizimi axborot tizimlari komplekslari, resurslari va ma’lumotlar bazalarining axborot xavfsizligini ta’minlash; amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq “Elektron hukumat” tizimini joriy etish doirasida axborotlashtirish ob’ektlarini attestatsiyadan o‘tkazish; davlat organlarining axborot tizimlari va resurslari axborot xavfsizligi siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirishga ko‘maklashish; Axborot xavfsizligiga hozirgi vaqtdagi tahdidlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yig‘ish, tahlil qilish va to‘plash, “Elektron hukumat” tizimi axborot tizimi, resurslari va ma’lumotlar bazalariga noqonuniy kirib olish holatlarining oldini olishni ta’minlaydigan tashkiliy va dasturiy-texnik yechimlarni samarali qabul qilish bo‘yicha tavsiyalar va takliflar ishlab chiqish; “Elektron hukumat” tizimining axborot tizimlari, resurslari va ma’lumotlar bazalarining, shuningdek, Internet tarmog‘i milliy segmentining axborot xavfsizligini ta’minlash sohasidagi normativ-huquqiy bazani takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish kabi bir qator vazifalar ham kiradi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq