“Data.gov.uz”da – “Dori-darmon” AKda sotiluvchi dori vositalarining narxi ro‘yxati
26.10.2015
Rukn: Internet, Yangiliklar.
Muallif: .

O‘zbekiston Respublikasi Ochiq ma’lumotlar portali – “data.gov.uz”da “Dori-darmon” Aksiyadorlik kompaniyasi 63 ta dorixonalarning ro‘yxati hamda «Dori-darmon» AKning dorixonalaridagi dori vositalarining narxlari” e’lon qilindi.

“Dori-darmon» AK va uning tarkibiy bo‘linmalari chakana dorixona tarmog‘ida hozirgi paytga 1364 ta dorixona va dorixona filiali mavjud.

“Dori-darmon» AKning dorixonalar ro‘yxati”da kompaniyaga qarashli dorixona manzili, telefon raqami, ish vaqti, joylashgan manzili elektron xarita havolasi orqali ko‘rsatilgan.

dori_26_10_2015

«Dori-darmon» AKning dorixonalaridagi dori vositalarining narxlari” ro‘yxatida Toshkent shahri va viloyati, Namangan, Samarqand, Sirdaryo viloyatlari hamda Termiz shahrida joylashgan «Dori-darmon» AKga qarashli dorixonalardagi 1729 ta dori hamda dori vositalarining nomlanishi, narxi, uni ishlab chiqargan korxona keltirilgan.

Ushbu ro‘yxat dori-darmon vositalarining ustiga preys-varaqda ko‘rsatilgan narxning ustiga qo‘shimcha narx qo‘yishning oldini olish maqsadida e’lon qilinmoqda.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq