UzGPS – transport vositalarini monitoring qilish milliy tizimi
24.10.2015
Rukn: Texnologiya.
Muallif: .

gps_16_10_2015

Bu yil sentabr oyida bo‘lib o‘tgan ICTFORUM 2015 da UzGPS biznesini rivojlanish bo‘yicha  direktor Nuriddin Jo‘rayevning ma’ruzasi mutaxassislarda katta qiziqish uyg‘otdi. Undan UzGPS –Transport vositalarini monitoring qilish milliy tizimining rivojlanish istiqbollari haqida batafsil so‘zlab berishini iltimos qildik.

BePro kompaniyasi transport vositalarini monitoring qilish tizimini rivojlantirish loyihasi bilan ikki yildan ortiq vaqt mobaynida shug‘ullanib kelmoqda. Bu vaqt mobaynida ma’lum darajadagi salohiyatga erishdik. Kompaniyamiz dasturiy ta’minot ishlab chiqib, 2014-yil 1-oktabrda Milliy mobil aloqa  operatori «O‘zbektelekom» AK UZMOBILE filiali bazasida Transport vositalariga yo‘ldoshli monitoring xizmatini ko‘rsatish muvaffaqiyat bilan joriy etildi. «O‘zbektelekom» AK bilan hamkorlikda UzGPSdan Harakatdagi Obyektlarni Milliy Monitoring Tizimi sifatida foydalanmoqchimiz.

gps_16_10_2015_1

Bunda, monitoring obyektlari deganda, biz barcha harakatlanadigan va joylashgan joyida qayd etish zaruratiga ega bo‘lgan vositalarnigina tushunmaymiz, balki haqiqiy vaqt rejimida ma’lumot(ko‘rsatkichlarni) olishni xohlagan har qanday vositalar nazarda tutiladi. Bu avtotransport vositalari, mexanizmlar va shaxsiy treker yoki mobil ilovalardan foydalanadigan oddiy odamlar ham bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari, bu katta hududlar oralig‘ida joylashgan harakatlanmaydigan va boshqarishga yoki markaziy dispetcherlik punktiga maxsus axborot uzatish zaruratiga ega bo‘lgan obyektlar bo‘lishi ham mumkin.

Ishonamizki, ko‘pgina ko‘rsatkichlari bo‘yicha mazkur tizim bozor uchun innovatsion hisoblanadi. Shu sababdan kompaniyamiz uni jiddiy rivojlantirib, funksionalligini yaxshilashda davom etadi. Umid qilamizki, mijozlar harakatlarimizni munosib baholaydilar…

gps_16_10_2015_2

UzGPS tizimini yaratish asoslari

Har qanday tizim ishlanmasini boshlashda bozor salohiyati puxta o‘rganilib, tahlil qilinadi. 2013-yil oxirida marketologlarimiz GPS-monitoring xizmatlari bozorini ko‘rib chiqib, uning yaqin bir necha yillar mobaynida ahamiyatga molik ravishda, o‘sib borishi mumkinligini oldindan aniqladilar.

Shuningdek, bu tizimni amalga oshirishda mijozlar zaruratiga muvofiq moslashuvchan qulay tizimga bo‘lgan ehtiyoj va avtotransport vositalariga o‘rnatiladigan qurilma — trekerning narxi ancha pasayishi  undovchi motiv bo‘ldi. Ko‘plab turli ishlab chiqaruvchilar takliflari paydo bo‘ldi, taqdim etilayotgan qurilma turlari doirasi kengaydi.

Bu davrda mavjud bo‘lgan texnologiya va takliflarni o‘rganishga kirishdik hamda shuni angladikki, kop sonli obyektlarni monitoring qilish ma’lumotlarini qayta ishlashga mo‘ljallangan hamda tarmoq yechimlarini yaratish uchun tayyor platforma operatorlik darajasida lokal tizim zarur ekan. Kompaniyalarimiz chet el yetkazib beruvchilari taklif etgan dasturiy ta’minotlarni ko‘plab quyidagi ko‘rsatkichlari, masalan, tizimga ulanish uchun yuqori narxi bo‘yicha, jumladan, xorijiy valyutada, yechimlarni yetkazib beruvchining mijojlar ma’lumotlarining mahfiylikni saqlashga munosabatda ham, butun tizimni qo‘llab-quvvatlashga bo‘lgan munosabatda ham kafolatining yo‘qligi sababli qo‘llay olmaydilar.

gps_16_10_2015_3

Xorijiy yechimlar asosidagi GPS monitoring xizmatlarini yetkazib beruvchilar mijozlar talablarini qondira olmaganligini ko‘rdik, yana yomon jihati O‘zbekistondagi mijozlarga xizmat ko‘rsatishni to‘satdan to‘xtatilib, ko‘plab investitsiya mablag‘lari shamolga sovurildi.

Bugungi kunda bozorda ko‘plab turli tizimlar taqdim etilgan. Bular asosan yopiq tizimlardir, ularda mijozlar, jumladan, markaziy boshqaruv, talabiga ko‘ra moslashish, funksionalligining rivojlanishi, yuklamaning oshishi, mavjud axborot tizimlariga integratsiyasi, shuningdek, turli ishlab chiqaruvchilar qurilmalari bilan ishlash imkoniyati mavjud emas.

Bugungi kunda ikki variantdagi xizmat turlarini taqdim etamiz: UzGPS harakatdagi obyektlarni monitoring qilish milliy tizimi doirasida bulutli yechim va avtopark korxonasi yirik bo‘lib, ajratilgan server o‘rnatish iqtisodiy maqsadga muvofiq bo‘lgan holatda korporativ installyatsiya.

gps_16_10_2015_4

Iqtisodiy samara bilan bir qatorda, O‘zbekiston uchun mazkur mahsulotning ijtimoiy qimmatini alohida ta’kidlashni xohlardim. Bunday servislar nima uchun kerak?

Asosiy vazifasi – bu avtopark va uning xodimlari ishi samaradorligini oshiradi. Bunday tizimni joriy etilishiga berilgan turli baholar bo‘yicha avtopark ish samaradorligi 15 foizga oshadi! Maqsadsiz foydalanish yoki o‘g‘irlash holatlarining bartaraf etilishi hisobiga yonilg‘i sarfining pasayishi 30 foizga kamaydi. Butun O‘zbekiston miqyosida qanday iqtisodiy tejamkorlikka erishish mumkinligini bir tasavvur qilib ko‘ringga! Aynan shuning uchun ham mazkur loyiha jamiyat uchun ahamiyatga molik deb aytamiz, demak, uning ustida ishlashimiz zarur.

UzGPSning innovatsionligi nimalarda ifodalanadi?

Yo‘ldoshli monitoring tizimi – bu bozordagi yangilik emas, biz velosiped ixtiro qilganimiz yo‘q. Butun jahon bo‘ylab bunday tizimdan allaqachon foydalanilmoqda va bundan ahamiyatli iqtisodiy tejamkorlik olinmoqda. Shu sababli innovatsiya haqida gapirganda, birinchi navbatda, vazifalani hal etishga yondashuvlarimizni, O‘zbekiston uchun bu qanchalik foydali ekanligini ko‘rib chiqamiz.

Shuni unutmangki, amalga oshirishda bu murakkab tizim O‘zbekistonda — mahalliy dasturchilarimiz tomonidan ishlab chiqilgan, bu bilan albatta faxrlanamiz.

Mahsulot haqida gapirganda, birinchidan – bu foydanilayotgan texnologiya va uskunalar ishlanmoqda. Ular bir mahsulot doirasida operatorlik yechimlarini ham, korporativ server mahsulotlarini ham olish imkonini beradi. Shu bilan birga, har ikki tarmoq, bulutli servis va korporativ installyatsiya ham dasturchilarning bir jamoasida bir vaqtda, parallel ravishda amalga oshirilmoqda. Foydalanilayotgan dasturlashtirish texnologiyalari va qulay arxitekturasi mahsulotning yuqori samaraliligi hamda keng miqyosliligida erishish imkonini beradi.

Loyiha doirasida WEB va mobil texnologiyalaridan foydalaniladi. Bundan tashqari, bizda ko‘p tilli interfeys mavjud. Hozirgi vaqtda rus, o‘zbek va ingliz tillaridan  foydalanish mumkin. O‘zbek tilining kiritilganligi biz uchun juda muhim bo‘lib hisoblanadi, axir bu o‘zbek foydalauvchilari uchun ishlab chiqilgan mahalliy mahsulotdir.

Tizimning modulliligi mijozga aynan qanday qulayliklarni tanlash va bu qo‘shimcha funksionallikdan foydalanish uchun ortiqcha haq to‘lamaslik imkonini beradi. Tizimning alohida xususiyatlaridan biri uning universalligidir. Tizim yirik kompaniyalar va korporatsiyalar uchun ham, o‘rta va kichik korxonalar hamda jismoniy shaxslar uchun ham foydali bo‘lishi mumkin. Ayniqsa, jismoniy shaxslar uchun bozorda shaxsiy treking va qulay elektron hamyon to‘lov tizimi orqali foydalanish uchun ajoyib takliflar rejalashtirilgan.

Turli loyihalardan foydalanish va «charxlab borish» uchun platforma yaratdik. O‘ylaymanki, yaqin vaqt mobaynida bozor UzGPS platformasi asosida yaratilgan yangi xizmatlarga ega bo‘ladi.

Tizimni qo‘llashning iqtisodiy samarasi

Yuqorida tilga olganimdek, UzGPS tizimi ancha murakkab va qo‘llashda ko‘p jihatlarga ega. Turli  kompaniyalar o‘z kundalik faoliyatlarida tizimni tatbiq etishdan turlicha samaraga ega bo‘lishlari mumkin. Kimgadir yonilg‘ini tejash muhim bo‘lsa, kimdir tezlik, ishonchlilik va yukni zararsiz yetkazib berishni afzal biladi.

gps_16_10_2015_5

Asosiy qo‘llanishi – bu dispetcherlashtirish yoki obyekt holati monitoringi va yonilg‘i nazoratidir. Tasavvur qiling, korxonaga oddiy monitoring va joylashgan joy nazoratini joriy etilishi avtotransport vositalari haydovchilari va xodimlarni darhol intizomlilashtiradi. Yuqorida iqtisodiy samaradorlikka oid: 30 foizgacha yonilg‘i tejamkorligi raqamlarini keltirgandik va bu hali hammasi emas.

Avto va mexanizmlardan maqsadli foydalanish evaziga texnika resurslari ko‘payib boradi. O‘zingizni mijozlarga tovar yetkazish bilan shug‘ullanuvchi kompaniya deb tasavvur qiling. Harakat vositalari yo‘nalishlarini optimallashtirish hamda nazorati sizga xolislikka erishishga imkon beradi. Ayrim korxonalarda xavfli yuk tashish amalga oshiriladi. Harakatlanishda boshqaruvning nazorati evaziga yuk tashishda xavfsizlikni oshirishingiz mumkin.

Qo‘llanilayotgan vositalardan birini alohida ta’kidlamay o‘tolmayman: bu yo‘l harakati xavfsizligining ta’minotidir. Avtoparkdagi harakat vositalarining tezligini nazorat qilib, harakat qilayotgan barcha yo‘l harakati ishtirokchilari uchun yo‘llarimizning yanada xavfsizligini oshirishga yordam berasiz.

Tizimni yaratishning asosiy vazifalaridan biri – bu tizimning importini muqobili bilan almashtirish va valyutada litsenzion hisobni kamaytirishdan iborat.

Import o‘rnini bosish haqida to‘xtalsak – so‘zsiz, bu bizning ishlanmamiz bo‘lib, unda ishonch bilan “Made in Uzbekistan” so‘zlarini bitishimiz mumkin. BePro kompaniyasining mazkur mahsuloti sertifikatlangan. Milliy Axborot Tizimini shakllantirish doirasida davlat organlarida UzGPSdan foydalanish mumkinligi haqida ekspert xulosasi olingan. Shunday ekan, kimgadir ortiqcha haq to‘lashning zarurati yo‘q – hammasi o‘zimizda O‘zbekistonda mavjud .

gps_16_10_2015_6

Tizimning eksportiga to‘xtalsak – bu joriy yil rejalariga kiritilgan. Bozorda raqobat shunchalik yuqoriki, bunga puxta tayyorlanishimiz zarur: funksionallikni kengaytirib, interfeysni qayta ishlashimiz mumkin. Bundan tashqari, unga har qanday ishlab chiqaruvchi trekerini ulash mumkin bo‘lgan shunchaki tizimni, balki bulutli servis, geopozitsionlashtirish asosida butun jahonda juda ommaviy bo‘lgan o‘yin servislarini ham hisobga olganda, turli vazifalar ostida mobil ilovalarining keng turlarini taklif etamiz.

Kelajak rejalari

«Core» — kompaniyamiz  biznesi – bu dasturiy mahsulot ishlab chiqishdan iborat. Shu bilan bir vaqtda, UzGPS loyihasining qimmatini anglagan holda, mazkur tizimni joriy etilishi bo‘yicha Bosh hamkorimiz «O‘zbektelekom» AK kabi chiqdik. Shu sababli yaqin istiqbol rajalarimiz – bu mazkur servisni ommalashtirish, UzGPS platformasiga asoslangan qiziqarli taklif va ilovalarni ishlab chiqishdan iborat.

gps_16_10_2015_7

O‘ylaymanki, yaqin vaqt mobaynida bozorga mijozlarimizning asosiy qo‘llash sohasi – bu bolalar xavfsizligi va keksalarga tez yordam berish bo‘lgan shaxsiy trekerlarni chiqarib, xursand qilamiz.

gps_16_10_2015_8

Bizning treker yetkazib beruvchilarimizdan biri ajoyib ishlanmani: tushish datchiklari bilan shaxsiy trekerni taqdim etdi. Agar keksa inson yoki korxona xodimi to‘satdan  yig‘ilsa – treker darhol xavfli holat rejimida dispetcher sifatida ilgari kiritilgan telefon raqamlariga qo‘ng‘iroq qilib, xabar beradi.

gps_16_10_2015_9

Boshqa mamlakatlarda «ekodrayvinag» xizmati juda ommalashgan — bu yo‘l harakati hodisalari xavfli holatlarini kamaytirish va avto resurslarini ko‘paytirish maqsadida harakatlanish vositasini boshqarish vaziyatlarini kuzatishdir. Ko‘plab mamlakatlarda sug‘urta kompaniyalari avtomobillarni sug‘urta qilishga qo‘shimcha chegirma taqdim etish maqsadida baholash tizimini kiritganlar. Bu kelgusida o‘zlashtirsh rejalashtirilgan yana bir istiqbolli yo‘nalishdir.

Loyihani «O‘zbektelekom» AK qo‘llab-quvvatlamoqda. Hozirgi vaqtda trekerlar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish ustida o‘ylayapmiz. Birinchi bosqichda bu trekerlarni jamlashdir, keyinchalik ishlab chiqarishning to‘liq  siklini o‘zlashtirish rejalashtirilgan.

Strategiya haqida esa, kompaniyamiz jamiyat uchun geoinformatsion tizimning muhimligini tushunamiz va barcha ulanishi mumkin bo‘lgan GIS tizimini rivojlantirishni boshlash haqida o‘ylayapmiz. Kompaniyada buning uchun zarur salohiyat va tegishli litsenziya mavjud.

gps_16_10_2015_10

Batafsil ma’lumotlar www.uzgps.uz saytida.

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq