«Regulation.gov.uz»da — “Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish o‘rinlarini band qilib qo‘yish maqsadidagi qarori” loyihasi
22.10.2015
Rukn: Internet.
Muallif: .

gov_22_10_2015

O‘zbekiston Respublikasi Normativ-huquqiy hujjatlarini muhokama qilish portali – “Regulation.gov.uz”da “Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish o‘rinlarini band qilib qo‘yish maqsadidagi qarori” loyihasi muhokamaga qo‘yildi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasining Amudaryo, Beruniy tumanlari, Andijon viloyatining Andijon shahri; Buxoro viloyatining Shofirkon, Kogon, G‘ijduvon, Qorako‘l, Romiton, Peshku, Olot, Jondor, Vobkent, Buxoro tumanlari; Namangan viloyatining Chust, Namangan, Uychi tumanlari; Toshkent viloyati hokimiyatlari tumanlarining 2016 yilda tumandagi ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish o‘rinlarini band qilib qo‘yish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi “Aholini ish bilan ta’minlash to‘g‘risida”gi Qonunining 17-moddasi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998 y., 5-6-son, 97-modda) hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008 yil 20 avgustdagi 186-son qarori bilan tasdiqlangan “Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish o‘rinlarini band qilib qo‘yish tartibi to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008 y., 34-son, 333-modda) Nizomga asosan ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish o‘rinlarini band qilib qo‘yish maqsadida qaror qabul qiladi.

Qarorga muvofiq,
— Tumandagi bandlikka ko‘maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazining ish joylarining eng kam miqdorini band qilib qo‘yish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin. Ijtimoiy himoyaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng sharoitlarda raqobatlashishga qodir bo‘lmagan shaxslar uchun ish joylarining eng kam miqdori (kvotalangan ish o‘rinlari) ilovaga muvofiq tasdiqlanadi;
— ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish o‘rinlarini band qilib qo‘yish xodimlarining ro‘yxat bo‘yicha o‘rtacha soni yigirma nafardan ko‘pni tashkil etadigan korxona, muassasa va tashkilotlar uchun xodimlarning ro‘yxat bo‘yicha o‘rtacha sonidan tashkil etadigan miqdorda, shu jumladan:
-o‘n to‘rt yoshga to‘lmagan bolalari va nogiron bolalari bor yolg‘iz ota, yolg‘iz onalarga hamda ko‘p bolali ota-onalar uchun;
-o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarini tamomlagan yoshlarga, shuningdek oliy o‘quv yurtlarining davlat grantlari asosida ta’lim olgan bitiruvchilar uchun;
— O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlaridan muddatli harbiy xizmatdan bo‘shatilganlar uchun;
-nogironlar uchun;
— tuman Bandlikka ko‘maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazida ish qidiruvchi sifatida hisobda turgan pensiya yoshiga yaqinlashib qolgan shaxslar uchun;
-jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan yoki sud qaroriga ko‘ra tibbiy yo‘sindagi majburlov choralariga tortilgan shaxslar uchun;
-odam savdosidan jabrlanganlar uchun;
-ijtimoiy muhofazaga muhtoj shaxslarning boshqa toifalari uchun tumandagi band emas aholi soniga ko‘ra ish o‘rinlari zaxirasi belgilanadi.

Korxona, tashkilot va muassasalar rahbarlari ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslar uchun ko‘rsatilgan ish o‘rinlari tashkil etilishini ta’minlaydilar. Qarorning ikkinchi bandida ko‘rsatilgan shaxslarni ishga qabul qilishni asossiz rad etgan ish beruvchi va uning vakolatli shaxslari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi.
Ushbu qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

gov_22_10_2015_1

Qaror loyihalari 22-oktyabrdan 3-noyabrgacha muhokama qilinadi. Unda o‘z izohlaringizni qoldirishingiz mumkin.

Eslatib o‘tamiz, bundan avval Andijon viloyatining Buloqboshi tumani, namangan viloyatining Chortoq, Kosonsoy, Norin tumanlari hokimiyatlarining “Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish o‘rinlarini band qilib qo‘yish maqsadidagi qarori” loyihasi muhokama qilingan edi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq