“Elektron hukumat” tizimi doirasida KOICA tashkiloti vakillari bilan uchrashuv
22.10.2015
Rukn: Sharh va fikr-mulohazalar.
Muallif: .

koica_22_10_2015

Joriy yilning 21- oktabr kuni “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazining rahbariyati, markazning “Xalqaro hamkorlik” bo‘limi hamda KOICA tashkilotining O‘zbekistondagi ofis rahbari Im Jong Xi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv doirasida “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirush markazining rahbari Sherzodxo‘ja Habibullayev O‘zbekistonda “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish jabhasida Koreya tajribasini o‘rgatish borasida KOICA tashkiloti tomonidan markazga tajriba o‘rgatish uchun yuborilgan hamda markaz faoliyatida o‘zlarining beminnat ko‘maklarini ko‘rsatayotgan koreys konsultantlari Cho Chol Sul va Kim Sang Telarning faoliyatiga imkoniyat yaratib berganligi, axborot kommunikatsiya texnologiyalari hamda elektron hukumat sohasida Janubiy Koreya tajribasini o‘rganishlariga qulaylik yaratish maqsadida markaz xodimlariga koreys tili va madaniyatini o‘rgatish uchun tajribali muallimlar ajratganligini ham alohida ta’kidladi.

koica_22_10_2015_1

Markaz rahbari KOICAning O‘zbekistondagi Bosh ofisi rahbariga ushbu xalqaro tashkilotni mamlakatimizning ijtimoiy, siyosiy hayotiga qo‘shayotgan hissasiga o‘z minnatdorchiligini bildirdi.

koica_22_10_2015_2

Ushbu rasmiy uchrashuv “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish sohasida KOICA tashkiloti bilan yo‘lga qo‘yiladigan kelgusi ijtimoiy-amaliy hamkorlik uchun poydevor bo‘lib xizmat qiladi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq