Toshkent axborot texnologiyalari universiteti talabalari davlat stipendiyasi sohibiga aylanishdi
21.10.2015
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

O‘zbekiston Respublikasining «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida”gi Qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008 yil 13 oktabrdagi «O‘zbekiston iqtidorli yoshlarini va moddiy rag‘batlantirish to‘g‘risida”gi 226-son qaroriga muvofiq, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2015 yil 5 oktabrdagi 381-sonli buyrug‘i bilan 2015/2016 o‘quv yili uchun Beruniy nomli Davlat stipendiyasi sovrindorlari e’lon qilindi.

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti talabalaridan quyidagi uch afari Beruniy nomli Davlat stipendiyasi sovrindorlari bo‘lishdi. Dasturiy injinering fakulteti 4-bosqich talabasi Ubaydullaev Xusanboy Ilxomjon o‘g‘li, Kompyuter injinering fakulteti 4-bosqich talabasi Muxitdinova Muazzamxon Lutfulla qizi, Telekommunikatsiya texnologiyalari fakulteti 4-bosqich talabasi Abdullaeva Xurshida Karimberdi qizi.

Ushbu mukofot g‘oliblarini aniqlashda nomzodlarning a’lo o‘qish va ilmiy (ijodiy) ishlarda ishtirok etishi, tillarni bilish (O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun) davlat tilini va ikkita chet tilni, mutaxassislik chet tili bo’lgan ayrim hollarda esa qo‘shimcha yana bitta chet tilni bilishi, jamoat ishlaridagi faolligi kabi mezonlar hisobga olinadi.

AKT sohasining peshqadam ta’lim maskani Toshkent axborot texnologiyalari universitetida ham iqtisodiyot real sektori tarmoqlarining aniq ehtiyojlarini, zamonaviy mutaxassisga qo‘yiladigan talablarni hisobga olgan holda, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida yuqori malakali kadrlar tayyorlashni nazarda tutuvchi, xalqaro standartlarga mos maqsadli ta’lim dasturlari tashkil etilmoqda.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq