AKTni joriy etish holati bo‘yicha III chorak monitoring natijalari
21.10.2015
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

2015-yil III chorak yakuni buyicha reytingi baholanishi kerak bo‘lgan davlat tashkilotlarining 115 ta sayti yuzasidan monitoring o‘tkazildi.

20-30-sentyabrda o‘tkazilgan monitoringda davlat boshqaruvi organlarining 45 ta, xo‘jalik boshqaruvi organlarining 56 ta hamda 14 ta mahalliy boshqaruv organlarining sayti nazorat qilindi. Baholash tashkilotlarning internet tizimidagi rasmiy veb-saytlari monitoringi, YaIDXP portalidagi ma’lumotlar hamda korxona tomonidan NIS.UZ idoralararo tizimiga kiritilgan ma’lumotlarga asosan «Elektron hukumat» tizimini rivojlantirish markazi va AXTM ekspertlari tomonidan olib borildi.

Har bir davlat organining sayti va faoliyatida AKTni ishlatilishi 4 yo‘nalish — interaktiv davlat xizmatlarini ko‘rsatish, axborot resurslarining mavjudligi hamda elektron hujjat almashinish, axborot xavfsizligi, tashkiliy jarayon yo‘nalishida baholandi.

2015-yil III chorak natijalari shuni ko‘rsatmoqdaki, 115 davlat organi baholash natijalari o‘tgan chorakka nisbatan 68,29 balldan 73,69 ballgacha o‘sgan. Buning asosiy sababi esa davlat organlarining rasmiy veb-saytlarida interaktiv davlat xizmatlari sonining oshganligi, axborot resurslarining joylashtirilganligi, electron hujjat almashinuvining tashkil qilinganligining ortganligidadir.

E’tiboringizga 115 davlat organlari ichidan 100 ballik tizimda eng yuqori ball olgan 10 ta davlat organining havola qilamiz:

  1. “O‘zvinosanoat-xolding” kompaniyasi — 96,61
  2. “O‘zavtosanoat” kompaniyasi — 95,92
  3. O‘zbekiston Respublikasi Davlat Soliq qo‘mitasi  — 94,81
  4. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki – 94,45
  5. “Dori-darmon” aksionerlik kompaniyasi – 93,72
  6. Yuqori attestatsiya kommisiyasi – 93,29
  7. “Kafolat” SK – 93,19
  8. “Ulgurjisavdoinvest” assosiatsiyasi – 91,46
  9. “Navoiy tog‘-metallurgiya kombinati” — 89,55
  10. “Qishloqqurilishbank” ATB – 89,48

 

Baholash mezonlariga ko‘ra quyidagi tashkilotlarning reytingi II chorakka nisbatan III chorakda keskin oshgan. Ularni taqqoslab ko‘radigan bo‘lsak, natijani yaqqol ko‘rishimiz mumkin:

  1. “O‘zeltexsanoat” — 84,78 – 40,50
  2. “O‘zbekiston temir yo‘llari” DATK — 75,25 – 39,51
  3. “Oziq-ovqat sanoat” assosiatsiyasi – 72,17 – 40,89
  4. “Mahalla” xayriya jamoat fondi – 82,50 – 55,29
  5. “O‘zqurilishmaterial” AK — 69,60 – 45,81

Bundan tashqari davlat organlarining “Elektron hukumat” tizimi doirasidagi faoliyatini baholash jarayonida yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali interaktiv davlat xizmatlarini joriy qilinishi, me’yoriy-huquqiy mezonlariga muvofiq tasdiqlangan sifati, “Fuqarolar murojaati”ni ko‘rib chiqish sifati kabi jihatlarga ham ahamiyat berildi.

BMTda har ikki yilda o‘tkaziladigan “Elektron hukumat rivojlanish indeksi” reytingi talablariga ko‘ra, onlayn xizmatlar indeksi, telekommunikatsion infratuzilma indeksi, inson kapitali indeksi kabi mezonlarga qat’iy amal qilinadi.  Shunga ko‘ra, mamlakatimizda ham davlat organi va fuqarolar hamda tadbirkorlik subyektlari o‘rtasidagi muloqot ikki tomonlama avtomatlashtirilgan tarzda amalga oshirilishi shart.

Tahlil natijalari shuni ko‘rsatdiki, joriy yilning III choragida o‘rtacha reyting natijasi 68,29 balldan 73,69 balga 7,91%ga o‘sgan. Natijalardan bilish mumkinki, har bir davlat organi o‘z tizimida “elektron hukumat”ni takomillashtirishga befarq qarayotgani yo‘q. O‘z sohasida interaktiv davlat xizmatlarini joriy qilishga va bu orqali aholiga qulaylik yaratishga harakat qilmoqda.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq