“Data.gov.uz”da — Elektron raqamli imzo kalitlarini ro‘yxatga olish markazlari haqida ma’lumot
19.10.2015
Rukn: Internet.
Muallif: .

gov_19_10_2015

O‘zbekiston Respublikasi Ochiq ma’lumotlar portalida Davlat ro‘yxatidan o‘tgan Elektron raqamli imzo kalitlarini ro‘yxatga olish markazlari haqida ma’lumot e’lon qilindi.

Ma’lumot “Axborot xavfsizligini ta’minlash markazi” tomonidan taqdim etilgan.

Ma’lumki, ERI Internet orqali axborot almashishning qonuniy rasmiylashtirilgan jarayoni hisoblanadi. Jumladan, 2003-yil 11-dekabrda 562-II-son Ozbekiston Respublikasi“Elektron raqamli imzo to‘g‘risida” va 2004-yil 29-aprelda 611-II-son “Elektron hujjat aylanishi to‘g‘risida” qonuni qabul qilindi. Qonundan maqsad elektron raqamli imzodan foydalanish va elektron hujjat aylanishi sohasidagi munosabatlarini tartibga solishdir. Qonunga ko‘ra elektron raqamli imzodan foydalanish sohasini davlat tomonidan tartibga solishni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va u vakolat bergan maxsus organ amalga oshiradi. Bularga muhim komponent sifatida bir qator normativ hujjatlar, davlat standartlari va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi qarorlari qabul qilindi.

Bugun O‘zbekistonda ERI kalitlarini ro‘yxatga olish markazlari soni 8 tani tashkil qiladi. Ularda 1mln.400 ta fuqaroga elektron raqamli imzo berilgan.

gov_19_10_2015_1

An’anaviy imzodan farqli ravishda ERI shaxs bilan emas, hujjat va yopiq kalit bilan bog‘liq. Agar sizning ERI saqlagan disketangizni kimdir topib olsa, tabiiy u sizni o‘rningizga imzo qo‘yishi mumkin. Lekin imzoni oddiy imzo kabi bir hujjatdan ikkinchisiga o‘tkazish imkoniyati yo‘q. Har bir hujjat uchun u takrorlanmasdir. Shu yo‘l bilan ERI bilan imzolangan hujjatni qabul qiluvchi shaxs berilgan hujjatni matni va muallifligi o‘zgartirilmaganligi bilan kafolatlanadi.

O‘zbekistonda internet biznes rivojlanish bosqichidagi istiqbolli, yangi tijorat faoliyatidir. Bu yo‘nalishda biz ham birinchi qadamni tashladik va bizni ham jiddiy axborot havfsizligi muommolari kutyapti. Tahlillarga ko‘ra O‘zbekistonda elektron tijoratning shiddat bilan o‘sishi ERI ning on – line operatsiyalarda rasmiy ravishda keng qo‘llanilishi bilan boshlanadi.

Eslatib o’tamiz, davlatimiz Ochiq kalitlar infratuzilmasini (Public Key Infrastructure PKI) amaliyotga tatbiq etar ekan, elektron hujjat almashinuvida kriptografik kalitlarni boshqarish masalasining yechimini topishda xalqaro tajribaga ham tayanadi. Bu infratuzilma Х.509 ITU-T xalqaro standarti tafsiyalarini qoniqtiruvchi raqamli sertifikatlardan foydalanishni nazarda tutadi. Mazmun jihatdan raqamli sertifikatlar funksiyasiga ko‘ra oddiy qog‘oz hujjatda imzoni tasdiqlovchi muhrning analogidir.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq