Mobil aloqa xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha me’yoriy hujjatlar va litsenziya kelishuvi talablari bajarilishi yuzasidan mobil aloqa operatorlar bilan yig‘ilish o‘tkazildi
16.10.2015
Rukn: Mobil aloqa.
Muallif: .

mob_16_10_2015

Iste’molchilar huquqlarini ximoya qilish va mobil aloqa qamrov hududi hamda tarmoq sifat ko‘rsatkichlarini belgilangan texnik me’yorlariga keltirish hamda abonentlarga mobil aloqa xizmatlaridan kecha-kunduz foydalanish imkonini ta’minlash yuzasidan 2015 yil 13 oktyabrda Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspektsiya (Inspektsiya) ma’muriy binosida mobil aloqa operatorlari bilan yig‘ilish o‘tkazildi.

Ushbu tadbirda operatorlarning mas’ul mansabdor shaxslari va mutaxassislari, shu bilan birga Inspektsiyaning taklifiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining vakillari ishtirok etdi.

Yig‘ilishda quyidagi savollar ko‘rib chiqildi:

— aholi kam istiqomat qiladigan va etib borish qiyin bo‘lgan hududlarni mobil aloqa tarmog‘i bilan qamrab olish;

— mobil aloqa tarmog‘i qamrovi mavjud bo‘lgan, shuningdek, elektroenergiya ta’minotida ko‘p uzulishlar bo‘ladigan hududlarda abonentlarga mobil aloqa xizmatlaridan kecha-kunduz foydalanish imkonini yaratish;

— aholi zich joylashgan hududlarda mobil aloqa tarmoq sifat ko‘rsatkichlarining belgilangan texnik parametrlariga muvofiqligini va sifat ko‘rsatkichlarining belgilangan me’yordan og‘ish holatlari mavjud bo‘lgan hududlarda mobil aloqa sifatini yaxshilash;

— mobil aloqa ob’ektlarni qurish va ularni foydalanishga topshirish muddatlarini qisqartirish;

— axborot-ma’lumot xizmati (call-centr) faoliyatini takomillashtirish va abonentlarga sifatli hamda tezkor xizmat ko‘rsatish, shuningdek murojaatlarni ko‘rib chiqishda natijali choralar ko‘rish kabi masalalar ko‘rib chiqildi.

Yig‘ilishda aytib o‘tilgan barcha kamchilik hamda takliflar atroflicha muhokama qilindi va natijalari yuzasidan tegishli qaror qabul qilindi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq