“O‘zbekiston ne’matlari” pochta markalari turkumining chiqarilishi haqida
15.10.2015
Rukn: Sharh va fikr-mulohazalar.
Muallif: Jurnal tahririyati.
“O‘zbekiston pochtasi” AJ tomonidan tayyorlanib, O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan 2015 yil 9 oktabrdan “O‘zbekiston ne’matlari” turkumi muomalaga kiritildi.
Turkum 2 ta pochta markasidan iborat. Pochta markalarida O‘zbekistonning yaxshi va qulay tabiiy-iqlim sharoitida o‘sadigan mevalar tasvirlangan. Mevalarning nomlari lotin tilida berilgan.
Pochta markalari bir necha rangda ishlangan. Ofset usulida bosilgan. Perforatsiyasi taroqsimon. Qog‘ozi oq silliq. Pochta markalarning o‘lchami 40×40 mm (aylana bilan).
Identifikatsiya raqamlari berilgan va nominallar o‘rnatilgan.
1139. «Cydonia oblonga» (Bexi) Nominali – 1500 so‘m
1140. «Punica granatum» (Anor) Nominali – 1800 so‘m
Pochta markalarning adadi 10 ming nusxadan.
Rassom – Kim A.
Dizayner – Kaneves Ye.