Mobil aloqa xizmatlarining qoniqarsiz holati yuzasidan mobil aloqa operatorlarga tegishli ko‘rsatmalar berildi
14.10.2015
Rukn: Mobil aloqa.
Muallif: .

Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspektsiyasi (Inspektsiya) “Elektromagnit moslashuv markazi” DUK bilan hamkorlikda o‘tkazilgan radiomonitoring hamda operatorlar tomonidan taqdim etiladigan tarmoq sifat ko‘rsatkichlari to‘g‘risidagi oylik hisobotlarni va tayanch stantsiyalarning to‘xtalishlari bo‘yicha ma’lumotlar, shuningdek, kelib tushgan murojaatlar tahlili natijalariga ko‘ra bir qator kachiliklar aniqlandi, xususan: — mobil aloqa xizmatlari sifat ko‘rsatkichlarining belgilangan me’yorlarga muvofiq emasligi; — abonentlarga mobil aloqa xizmatlaridan tunu-kun foydalanish imkoniyati yaratilmaganligi; — aholi kam istiqomat qiladigan hududlarni mobil aloqa bilan to‘liq qamrab olinmaganligi, bu esa o‘z navbatida ushbu hududlarda istiqomat qiladigan aholi tomonidan bo‘ladigan murojaatlarning sonini ko‘payishiga olib kelayotganligi.

Inspektsiya, yuqoridagi qamchiliklarga yo‘l qo‘ygan “COSCOM” MChJ XK (Ucell savdo belgisi), “Unitel” MChJ (Beeline s.v.), “RWC” MChJ XK (Perfectum s.b.) va “O‘zbektelekom” AK (Uzmobile s.b.) mobil aloqa operatorlarga O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonun va me’yoriy hujjatlari talablariga muvofiq mobil aloqa xizmatini ko‘rsatilishini ta’minlashlari yuzasidan ko‘rsatmalar taqdim etdi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq